doimiy va tasodifiy xatoliklarga bo‘linadi. Doimiy xatolik deb o‘zgarmas bo‘lib qoluvchi xatolikka yoki takroriy o‘lchanganda ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgarib boruvchi xatolikka aytiladi. Masalan, sotuv do‘konlarida qandaydir xatolika ega bo‘lgan toshlar ishlatiladi. Bu xatolikni uni tekshiruvdan o‘tkazayotganimizda topishimiz mumkin. Lekin, ko‘p mahsulotlarni tortishda bu xatolikka tuzatishlar kiritilmaydi. Demak, doimiy xatolik ro‘y berilishiga ruxsat etilar ekan. Kelib chiqish sababi turlicha bo‘lgan doimiy xatoliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘lchov qurilmasini noto‘g‘ri o‘rnatilgandagi xatolik; sub’ektiv xatolik. Tasodifiy xatolik deb bir xil kattalikning takroriy o‘lchovlarda tasodifiy ravishda o‘zgaradigan xatolikka aytiladi. Tasodifiy xatolik ham doimiy xatolik kabi natijalardan chiqarib bo‘lmaydi. Tasodifiy xatolikni o‘lchov natijalariga ta’sirini ko‘rilayotganda asosiy maqsad alohida kuzatuvlar natijasi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Agar o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatini «a» orali ifodalasak, quyidagicha tenglikni yozishimiz mumkin: ∆, =Xi - a ∆, - tasodifiy xatolik.
Nazorat savollari:
O‘zR ning «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul q ilingan?
«Metrologiya», «yagona o‘lchov birligi», «o‘lchov vositasi» atamalariga ta’rif bering?
«Birlik etaloni», «davlat etaloni», «metrologiya xizmati» atamalariga ta’rif bering?
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga qanday ob’ektlar kiradi?
«O‘lchov vositalarini qaydnomasi», «o‘lchov vositalarini kalibrlash» atamalariga ta’rif bering?.
SI xalaro sistemasi qanday birliklardan iborat?
Doimiy xatolik deb nimaga aytiladi va uning qanday kelib chiqishi sabablari bor?
Tasodifiy xatolik deb nimaga aytiladi va unga misol keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |