Metrologiya to‘g‘risida”gi standartlashtirish to’g’risidagi Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida’gi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risidagi O’zr qonuni bo’yicha tushunchalar berish Reja


Download 35.94 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1477965
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy


Metrologiya to‘g‘risida”gi standartlashtirish to’g’risidagi Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida’gi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risidagi O’ZR qonuni bo’yicha tushunchalar berish


Reja:

  1. “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tuzilmasini qisqacha tahlili.

  2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar.

  3. Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari.



Tayanch so‘zlar: metrologiya, o‘lchash vositasi, davlat etaloni, davlat metrologiya nazorati, metrologik xizmat, metrologik ta’minot.

Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni


tuzilmasini qisqacha tahlili
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish”gi Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi Respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Bu qonun Respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Mazkur qonun quyidagi bo‘limlardan iborat:
1 bo‘lim. Umumiy qoidalar (1-4.1 moddalar).
2 bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash (5-8 moddalar).
3 bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari (9-11 moddalar).
4 bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati (12-19 moddalar).
5 bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash (20-21 moddalar).
1 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
1-modda. Asosiy tushunchalar.
2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.
Xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
4-1-modda. O‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashga oid normativ hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-2-son Qonuni tahriridagi modda).
2 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
5-modda. Fizik kattaliklarni o‘lchov birliklari.
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Fizik o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari “O‘zstandart” agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan)
6-modda. Fizik kattaliklar birliklarining etalonlari.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan)
7-modda. O‘lchash vositalari.
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini o‘lchash vositalariga mansub deb topish mezonini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan).
8-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism).

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling