Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulotlari


Metrologiyaning asosiy postulatlari


Download 280.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi280.31 Kb.
#1178452
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

 
Metrologiyaning asosiy postulatlari 
Ushbu mavzuni ko‘rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib 
ko‘ramiz: 
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni biror 
bir tarozida, masalan savdo do‘konlaridagi o‘lchash tarozisida tortib ko‘ramiz. 
Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‘ngra uni kattaroq, masalan qoplangan 
mahsulotlarni tortadigan erga qo‘yiladigan tarozida o‘lchab ko‘ramiz. Endi olgan 
qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 
tonnagacha) o‘lchaydigan katta tarozida o‘lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi 
yo‘q deb uning og‘irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha 
bo‘laklarga bo‘lib, tajriba tarozisida har bir bo‘lakni tortamiz va yakuniy natijani 
hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo‘lishi mumkin - 74,3718 g. 
Qarang-a, to‘rt xil o‘lchash vositasida to‘rt xil qiymat oldik. 
Xo‘sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning massasi 
qanday? Albatta, tajribada ko‘rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati 
mavjud. Bu qiymatni biz chinakam qiymat deb ataymiz. 


CHinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko‘st va 
butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o‘lchash imkoniyati 
mavjud emas. SHuni ko‘rib chiqamiz: 
Faraz qilaylik, o‘ta aniq o‘lchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini 
aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir to‘xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. 
CHunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 molekula bo‘lsa ham) namlik kamayib 
turadi. 
Metrologik 
nuqtai nazardan o‘lchash vositasining muayyan 
metrologik tavsiflari mavjud bo‘lib, bu tavsiflarga ega bo‘lgandan so‘nggina biz 
olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o‘lchash vositasini 
metrologik tavsiflash uchun undan ham aniq o‘lchaydigan boshqa asbob kerak 
bo‘ladi. Bu xuddi analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein
kodeinning tarkibida esa analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam 
qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o‘lchash imkoni yo‘q 
ekan, o‘lchash amalida qiymati unga yaqin bo‘lgan va uni o‘rniga ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qo‘llaniladi. Bu xususda 
metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud: 

Download 280.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling