Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar Qadimiy, ko‘hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar


Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari


Download 58.76 Kb.
bet4/5
Sana23.09.2023
Hajmi58.76 Kb.
#1686484
1   2   3   4   5
Bog'liq
FAYZULLAYEV AXMAD METROLOGIYA 1

Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari.
Quyidagi Rossiya xalqlarida inson tanasi a’zolariga moslikka
asoslanib qabul qilingan va o‘lchash ishlarida qo‘llanilgan birliklar ko‘rsatilgan.
Inson tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchov birliklari.
Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar
Metrologiyada sohasida ishlatiladigan ayrim tushunchalar va ularning ta’riflarini
quyida keltirib o‘tamiz:
Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’inlash usullari va vositalari
hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan.
Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish
predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy idora faoliyatiga
qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash
laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya qismi.
Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi
metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shugʻullanuvchi
metrologiya bo‘limi.
Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin
bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’yekt, tizim, hodisa yoki jarayonga
tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir
soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan
kattalik.
O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami
(belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oraligʻida o‘zgarmas deb qabul
qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan,
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va
zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o‘lchamini
qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga
nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan
va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi
etalonidan oladigan etalon.
Nusхa–etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun
mo‘ljallangan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan
birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlangʻich etalon sifatida xizmat qilishi
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar
birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan
chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati.

Download 58.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling