Metrologiyning asosiy maqsad va vazifalari
O`z DST va uning faoliyati doirasi
Download 0.75 Mb.
|
Metrologoya Davron 2
O`z DST va uning faoliyati doirasi
Reja 1. Tizimning tashkiliy asosi 2. O‘zstandart” agentligi tuzilishi 3. Tizimning tashkiliy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metrologiya xizmati hisoblanadi. Ushbu xizmat davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashkil topgan. Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi. Metrologiya xizmatining rahbariy va yetakchi markazi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ O‘zstandart hisoblanadi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart agentligi”)ning tashkiliy tuzilishi 1-rasmda, “O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-rasmda ketirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan. “O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi: Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (3-rasm); Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari; Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi; Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (4-rasm); Milliy etalonlar markazi (5-rasm); Shtrixli kodlashtirish markazi ; Axborot-ma’lumotlar markazi ; Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan zaruriy hollarda “Bosh metrologiya xizmati” yoki “Asos metrologiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi. Bu kompleks tarkibiga xalqaro, davlatlararo va milliy normativ va uslubiy hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha qancha, normativ va ishlarni bajarish tartibini aniqlaydi, bu esa Davlatning ishlab chiqarish va iqtisodiy integratsiyasiga va savdodagi to‘siqlarni bartaraf qilinishga imkon beradi.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling