Tayanch iboralar
Hujjatlarni hisobga
olish – davlat va idoraviy arxivlarda, butun DAF miqyosida saqlanayotgan hujjatlarning miqdori va ro’yxatini aniqlashtirish
Hisob hujjatlari – arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning miqdori va ro’yxatini o’zida aks ettirgan hujjatlar
Qabul qilingan
hujjatlar kitobi – davlat va idoraviy arxivlarda qabul qilingan hujjatlar haqida ma’lumot beruvchi hisob daftari
Fondlar ro’yxati – arxivda saqlanayotgan fondlarning tartib bilan yozilgan ro’yxati
Fond varaqasi – har bir fond haqida batafsil ma’lumot beruvchi hisob hujjati
Ro’yxatlar – har bir fondda saqlanayotgan yig’majildlarning tartibi, sarlavhasi va qisqacha mazmuni aks ettirilgan arxiv ma’lumotnomasi
Yig’majildlarga ilova
qilinadigan ichki
mundarija – yig’majild tarkibiga kiritilgan hujjatlarning nomi va ularning joylanishi haqidagi arxiv ma’lumotnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |