Arxiv – (lotincha «arxivum” – mahkama, muassasa) muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan hujjat va materiallar saqlanadigan idora yoki muassasa.
Metroon ibodatxonasi
qoshidagi arxiv – Qadimgi Afinadagi mashhur arxivlardan biri
Senat arxivi – Rim respublikasining asosiy arxivi
Vatikan arxivi – V asrda tashkil etilgan va hozirgi kunda ham faoliyat ko’rsatayotgan yirik arxiv
Fransiya Markaziy
Davlat arxiv ivi - Konventning 1791 yilgi dekretiga muvofiq tashkil etilgan arxiv. Shundan boshlab Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida markazlashgan arxiv tizimi vujudga kela boshladi
Xartiyalar maktabi – 1821 yilda Fransiyada ochilgan va arxivshunos kadrlar tayyorlaydigan ilk oliy o’quv yurti
Xalqaro Arxiv Kengashi – 1948 yilda YuNESKO qoshida tashkil etilgan va turli mamlakat arxivlari o’rtasida aloqalar va hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilot
“Archivum” - jurnal, Xalqaro Arxiv Kengashi nashri
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga ega hujjat va materiallarni turkumlash, bir tizimga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fan
Do'stlaringiz bilan baham: |