Meva sharbatlari reja: Uy sharoitida mevalarni qayta ishlab sharbat olish


Download 62 Kb.
bet2/7
Sana12.10.2023
Hajmi62 Kb.
#1699949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

Qandli sharbatlar. Ta’mi yaxshilanishi uchun kislotaliligi baland bo‘lgan xom ashyolardan olingan tabiiy sharbatlarga qand yoki qand siropi qo‘shiladi. Bunday sharbatlar ichimlik sifatida ishlatiladi. Qand etsiz sharbatlarga, sirop esa ichimlik konsistensiyasi hosil qilish uchun etli sharbatlarga qo‘shiladi.
Gazlangan (saturatsiyalangan) sharbatlar. Gazlangan sharbatlar karbonat angidridi (CO2) bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. CO2 sharbatga yangi saqlanish xususiyatini beradi, sharbatning tarkibiy komponetlarini oksidlanishdan saqlaydi, uning ozuqaviy qimmatini oshiradi va mikroorganizmlar faoliyatini to‘xtatadi.
Bijg‘itilgan sharbatlar. Ushbu sharbatlar uning tarkibidagi qandlarni qisman yoki to‘liq bijg‘itib etil spirtiga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Ular kam alkogolli ichimlik (olma sidri) va YATM sifatida ishlatiladi.
Quyultirilgan sharbatlar (konsentratlar). Quyultirilgan sharbat-lar tabiiy sharbatlardan namlikning bir qismi bug‘latilib olinadi. Suv bilan aralashtirgandan so‘ng ichimlik va YATM sifatida ishlatiladi. Konsentratlar uchun kamroq miqdorda tara, ombor, transport kerak, shuningdek ular tabiiy sharbatlarga qaraganda mikroorganizmlar ta’siriga chidamliroq.


Konservalash usuliga qarab sharbatlar quyidagi guruhlarga ajraladi:
p a s t e r l a n g a n - germetik tarada ishlab chiqariladi, qadoqlab germetiklangandan so‘ng isitilgan;
a s e p t i k k o n s e r v a l a n g a n – ishlab chiqarish jarayonlarida mikroorganizm urug‘lari yo‘q qilingan, steril sharoitda qadoqlangan;
s o v u q s a q l a n a d i g a n sh a r b a t l a r – 0-(-2)0S- gacha sovutilgan, ushbu temperaturada karbonat angidrid gazi atmosferasida saqlanadigan;
a n t i s e p t i k l a r yo r d a m i d a k o n s e r v a l a n g a n (etil spirti, sorbin kislotasi, sulьfat angidrid, benzoynordon natr) – likyor-aroq va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish sanoatida YATM sifatida qo‘llaniladigan sharbatlar.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling