Meva va rezavor meva o’simliklarining tashqi muxit omillariga bo’lgan talabi
Danakli meva daraxtlari uzoq davom etadigan 20-25°, urug’li mevalar 30° li sovuqda qattiq zararlanadi
Download 8.04 Kb.
|
Meva va rezavor meva o’simliklarining tashqi muxit omillariga bo-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tirgovuch qo’yish
Danakli meva daraxtlari uzoq davom etadigan 20-25°, urug’li mevalar 30° li sovuqda qattiq zararlanadi.
Meva daraxtlarining sovuqqa chidamliligi, ularning kelib chiqishiga, har bir tuman va viloyatning tuproq iqlim sharoitiga qay darajada moslashganligiga, meva daraxtlarining turi va navlarini to’g’ri joylashtirishga bog’liq. Yuqori agrotexnika asosida parvarish qilingan o’simliklar sovuqqa chidamli bo’ladi, aksincha, yaxshi parvarish qilinmagan bo’lsa, ular bir joyda o’sishiga qaramasdan sovuqqa chidamsiz bo’ladi. 2. Tirgovuch qo’yish Tirgovuchlar to’g’ri qo’yilganda zararkunanda va kasalliklarga qarshi daraxtlarga har xil preparatlar purkash va mevalarnn terib olish ishlari yengillashadi.Daraxt mo’l hosil bergan yili unga katta yuk tushadi. Mevalarning og’irligidan uning shoxlari egilib ketadi. Bunday daraxtda shox-shabbaning ko’rinishio’zgaradi, shoxlar yalayag’ochlanadi, natijada mevalar quyoshdan kuyadi: mevalar og’irlik qilib, shoxlar egiladi, ularning ba’zilari sinib ketadi. Kuzatishlarimizga qaraganda 300-500 kg hosil qilgan 15 yoshdagi Rozmarin nav olma daraxtiga tirgovuch qo’yilmasa, kuzga borib shoxlarining 30% sinib ketadi. O’z holiga tashlab qo’yilgan to’liq hosilga kirgan daraxtlarning shox-shabbasi 2-3 yilda shunday ko’p sinib ketadiki, natijada bog’dan olinadigan hosil keskin kamayadi, daraxtning bir qismi butunlay qurib qoladi bunday hol yuz bermasligi uchun daraxtlarning hosilli shoxlari tagiga yog’och yoki xoda tirgovuchlar qo’yiladi. Tirgovuch qo’yish bilan shoxlarni sinishdan saqlabgina qolinmaydi, balki shox-shabbaning ichki tomonlariga yorug’ yaxshi tushadi, mevalari yaxshi o’sadi, bir tekis pishadi, rangdorligi yaxshi bo’ladi, asosiysi esa tirgovuch qo’yilgan daraxtlar shamolda kam tebranadi, to’kiladigai mevalar miqdori kamayadi, standart mevalar miqdori oshadi. Daraxtlarga tirgovuch qo’yilganda bitta tirgovuchga 10-12 kg meva og’irligi tushishi aniqlangan. Tirgovuchlar uzunligi daraxt butog’ining balandligi bilan belgilanadi, pastki uchining kengligi esa 6-7 sm bo’lishi kerak. 200 kg hosili bo’lgan daraxtga 20 ta tirgovuch qo’yish kerak. Har bir tirgovuch 3-4 yilga yetadi. Olma, nok, behi va shaftoln daraxtlariga, ayniqsa,qarilariga ko’proq tirgovuch qo’yiladi, chunki hosil ular shox-shabbasining chetki qismlarida bo’ladi.Tirgovuchlar hosil to’liq aniqlanib, tugunchalarnipg fiziologik to’kilishidan keyin qo’yiladi. Aprel-mayda tirgovuch qo’yilgan daraxtlarning hosili iyunь-iyulda qo’yilganlariga qaraganda 8-10% kam to’kilganligi aniqlangan.Erta muddatlarda tirgovuch qo’yish ko’p yillik meva shoxchalarining kam sinishini tugilgan mevachalarning kam to’kilishini ta’minlaydi. Download 8.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling