Meva va rezavor meva o’simliklarining tashqi muxit omillariga bo’lgan talabi


Hosilni yig’ib-terib olish, saralash va joylash


Download 8.04 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi8.04 Kb.
#1751970
1   2   3
Bog'liq
Meva va rezavor meva o’simliklarining tashqi muxit omillariga bo-www.fayllar.org

3. Hosilni yig’ib-terib olish, saralash va joylash
Mevalarni yig’ib-terib olish muddati ularning turi va nav xususiyatlariga, mahsulotga qo’yiladigan talabga va ular qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab belgilanadi. Uzoq joylarga jo’natiladigan yozgi va kuzgi navlar juda pishib yetilmasidan (texnik yetilganda)terib olinadi. Quritish, qayta ishlash va yangiligida iste’mol qilish uchun mo’ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaroqli bo’lib, pishgan davrda, ya’ni mevaning ta’mi, rangi shu navga xos bo’lgan vaqtda terib olinadi. Olma va nokning uzoq joylarga jo’natishga mo’ljallangan yozgi navlari to’liqpishishidan 5-7 kun oldin, kuzgi navlar 10-15 kun, kishki navlar esa ob-havoga qarab 5-10 sentyabrdan oldin terib olinadi.
Meva hosilini yig’ish va uni saqlash. Olmaning bandi osongina qo’l tegmasdan uzilsa u terib olishga tayyor bo’ladi. Olmani ushlab sekin ko’tarib uni burash agar u tayyor bo’lsa osongina uziladi. Mevani terishda qattiq siqish yoki ushlash mumkin emas. Olmalarni turiga qarab haftalab yoki oylab saqlash mumkin. Shikastlanmagan toza mevalarni omborlarda saqlash uchun ajratiladi. Agar ular shikastlangan yoki urilgan bo’lsa tez ayniydi. Mevalarni yashik yoki qutilarga joylashdan oldin har bir meva maxsus qog’ozlarga o’raladi keyin ularni omborxonalarda saqlanadi. Ular tez-tez tekshirib
turiladi, zararlangan mevalar olib
tashlanadi.
Hosil yig’ish.Rezavor mevalardan qulupnay hosilini yig’ish davomida mevalar tez-tez terishni talab etadi. Asosan issiq havoda mevalar juda tez yetiladi. Mevalar to’liq qizil rangga kirganda teriladi.
Mevalarni terish jarayonida sekin holatda bandini barmog’ bilan ushlab uzib olinadi va shikaslangan hamda zararlangan mevalar tezdaajratib olinadi. Qulupnaylarni muzlatkichlarda bir necha kun saqlash mumkin.
Qulupnayni ba’zi turlari yaxshi saqlanadi mevalari bandidan sekin yulinib ajratib olinadi alohida idishlarga yoki paketlarga solinadi va muzxonalarda saqlanadi.
Etiboringiz uchun
rahmat !
http://fayllar.org
Download 8.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling