Mevalarni qand bilan konservalash texnologiyasi reja: Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash. Murabbo tayyorlash
Download 130 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gilosdan murabbo.
- O‘rikli murabbo.
- Limonli murabbo.
Qulupnayli murabbo. Qulupnay saralanadi, shakarli qiyom alohida tayyorlanadi, sirop olovdan olinib unga qulupnay solinadi. Idishni asta-sekin, qulupnay qiyomiga cho‘kib ketguncha, qimirlatib turiladi va past olovda tayyor bo‘lguncha qaynatiladi.
Agar qulupnay yaxshi pishgan bo‘lsa, qaynatishdan oldin idishga solib, ustiga shakar (yarmisini) sepiladi. Shu holatda 5-6 soatga salqin joyda qoldiriladi. Hosil bo‘lgan sharbati ajartib olinib unga shakarning qolgan qismi qo‘shiladi va qaynatiladi. Gilosdan murabbo. Eng avvalo gilos saralandi. Murabbo tayyorlanadigan idishga shakar solinadi va ustiga gilosdan ajralib chiqqan sharbati quyiladi. Suv qo‘shilmaydi. Shakar erib, qaynab ketguncha qaynatiladi va keyin qaynoq gilos sharbati ustiga mevalar qo‘yiladi, tayyor bo‘lguncha qayna-tiladi. 1 kg tozalangan gilos uchun1 kg shakar sarflanadi. Malinali murabbo. Saralangan 1 kg malinani o‘rtasi olib tashlanadi, idishga solinadi, ustiga 1 kg shakarning yarmi sepi-ladi va 5-6 soat muzday joyga qo‘yiladi. Shakar asosida qiyom tayyorlanadi va ozroq sovitiladi. Sovigan qiyom ustiga malina quyiladi va idishni qimirlatib, meva qiyomga cho‘ktiriladi. So‘ngra tayyor bo‘lgan mahsulot quyuq massa-murabbo hosil bo‘lgunicha qaynatiladi. O‘rikli murabbo. O‘rikdanagidan tozalanadi. 1,5 kg shakar va 2 stakan suv (1 kg o‘rikka) asosida qiyom tayyorlanadi, ustiga tozalan-gan o‘rik solinadi va 1 kunga qoldiriladi. Ertasiga sharbati ajratib olinib, qaynatiladi va ustiga 2 marotaba tozalangan o‘rik tashlanadi hamda bir kunga qoldriladi. Uchinchi kuni o‘rik murabbo tayyor bo‘lguncha, ya’ni tiniq bo‘lib qolguncha qaynatiladi. Limonli murabbo. Limonning po‘stini olib, 20 daqiqa qaynoq suvga solinadi, keyin sovuq suv bilan yuviladi, bo‘laklarga bo‘lib, urug‘laridan tozalandi. Chunki uning urug‘lari murabboga achchiq ta’m beradi. Alohida idishga qiyom tayyorlanadi va qaynatiladi. 1 soatdan so‘ng qiyom ajratilib, 10-15 qaynatilib limon ustiga quyiladi. Bu jarayon yana bir marta qaynatiladi. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling