Mevalarni qand bilan konservalash texnologiyasi reja: Shakar qo‘shilgan konservalarini tayyorlash. Murabbo tayyorlash


Download 130 Kb.
bet3/6
Sana12.10.2023
Hajmi130 Kb.
#1699945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

Qiyom tarkibi: 1 kg limonga 1,5 kg shakar va 2 stakan suvdan iborat bo‘lishi lozim.
Apelsinli murabbo. Saralanga, yuvilgan apelsinlar ikkiga bo‘linadi va po‘stlaridan tozalanadi. Keyin har bir bo‘laklarini yupqa qilib kesiladi va danaklaridan tozalanadi, chunki ular murabboga achchiq ta’m beradi.
Tayyorlangan qiyomga apelьsin bo‘laklari solinib past olovda 1,5-2 soat davomida qaynatiladi. 1 kg apelsinga 1 kg shakar va 2 stakan suv kerak bo‘ladi.
Uzumdan murabbo. Murabbo shakar qiyomi bilan uzumdan tayyorlangan shirinlik. Bunda uzum donalari butunligicha qiyomda barovar taqsimlangan bo‘lishi lozim.
Murabbo maxsus qozonlarda yoki vakuum qurilmalarida qaynatiladi. Har gal qiyom 3-8 daqiqa qaynatilib so‘ngra 8-12 soat olovdan olib qo‘yiladi.
Bunda uzumni mazasi qiyomga, qiyom suvi esa uzum g‘ujumiga o‘tadi. Bu diffuziya deb ataladi. Tayyor bo‘lgan murabboda 70-75% quruq modda bo‘ladi. SHunda u sifatini yo‘qotmaydi va buzilmaydi.
Murabbo sifati ko‘p jihatdan nav, tur, ayniqsa konsistensiya (quyuq-suyuqlik), ta’mi va xushbo‘yligiga bog‘liq.
Ma’lumki, ko‘p mevalardan murabbo tayyorlashda, ularning xususiyatlariga qarab dastlab qiyom quyiladi. Ulardan farqli uzum qiyomda ushlanmasdan darhol qaynatiladi.
Tayyor murabboning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri mevalar hajmining saqlanish koeffitsenti hisoblanadi. U qanchalik yuqori bo‘lsa, xomashyodan shunchalik ko‘p murabbo chiqadi. Undan tashqari bu ko‘rsatkich murabboning texnologik jarayoniga to‘g‘ri amal qilinganligini ko‘rsatadi. Murabbo saqlanayotgan vaqtida ko‘pincha qand yig‘ilib, uning qotib qolishi kuzatiladi. Bu hol murabboni sovushida qandlarning aralashish darajasini sezilarli kamayishi oqibatida yuzaga keladi.
Qandlarning to‘planib qotib qolmasligi uchun qo‘yidagi qoidalarga amal qilish zarur, murabboni saqlashda ortiqcha sovutmasdan ushlash (10-15°C), murabboga qand kristallarini qo‘shmaslik, buning uchun tayyor mahsulotni alohida xonadagi idishlarga joylangan joyini ko‘p o‘zgartirmaslik kerak. Pasterlanmagan murabbo odatda bochkalarda, pasterlanganlari esa zich, germetik ravishda yopilgan idishlarda saqlanadi.

Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling