Mevalarni vakum sublimatsiya usulida suvsizlantirish jarayonini tahlillari
Download 18.32 Kb.
|
Majidova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
MEVALARNI VAKUM SUBLIMATSIYA USULIDA SUVSIZLANTIRISH JARAYONINI TAHLILLARI Jo`rayev X.F. t.f.d., professor, Buxoro muhandislik texnologiya instituti Shamsiyeva Z.Y. M59-23 TJBAKT magistranti, Buxoro muhandislik texnologiya institute Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda qishloq xo`jalik mahsulotlarini quritish usullaridan biri va keng tarqalgan sublimatsion quritish qurilmasini ishlash prinsipi va samaradorligi bo`yicha tahlillar olib borilgan. Kalit soʻzlar: quritish qurilmasi, namlik, harorat, suvsizlantirish, qayta ishlash vaqti Sublimatsiya — bir holatning ikkinchi holatga o‘zgarishi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zimizda tayyorlanadigan qo‘lbola mevaqoqilar ham sublimatsiyaga misol bo‘la oladi. Texnologik jarayonda tayyorlangan meva-cheva asl holatini 95-98 foizgacha saqlab qoladi. Buning uchun mahsulot tayyor holatga kelgunga qadar bir nechta bosqichdan o‘tadi. Bunday quritkichlarda material tarkibidagi namlikni bug’latish uchun zarur issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi. Issiqlik infraqizil nurlanishga moslangan lampalar yoki o’ta qizdirilgan keramik yoki metal yuzalardan tarqaladi. Infraqizil nurlanishli lampalar oddiy yoritish lampalaridan qizdirish temperaturasi bilan farqlanadi. Nurlanish oqimini nam materialga yo’naltirish uchun parabola shaklli reflektorlar ishlatiladi. Materialdan namlik 3 bosqichda chiqariladi: Quritish kamerasida bosim pasayishi bilan namlik o’z-o’zidan muzlaydi va materialdan chiqqan issiqligi hisobiga muzdan bug’ga aylanadi. Bu bosqichda 15%namlik yo’qotiladi; Namlikning asosiy qismi o’zgarmas tezlik davrida sublimatsiya quritish bilan yo’qotiladi. Qoldiq namlik materialdan issiqlik yordamida yo’qotiladi. Kontaktli quritishga qaraganda ushbu usulda quritish davrida material yuza birligiga vaqt birligida ancha ko’proq issiqlik to’g’ri keladi. Natijada jarayon intensivlashadi. Masalan, yupqa qatlamli materiallarni infraqizil nurlar yordamida quritish davomiyligi 30…100 marotabagacha qisqaradi. Sublimatsiyali quritishda oz miqdorda past temperaturali (40…500C) issiqlik eltkich sarflanadi. Umumiy energiya va ekspluatatsion sarflari boshqa quritish usullariga nisbatan yuqori Birinchi bosqichda yuvilgan va tozalangan mevalar -40 darajali muzlatgichga yo‘llaydi. U yerda 4 soat turgan maxsulot birdaniga sovutish natijasida asliga juda yaqin xolatda muzlaydi. Ikkinchi bosqichda meva-sabzavotlar namligi bir necha soat davomida to‘liq tortib olinadi. Ushbu jarayonda mahsulot quritgichda qancha vaqt turishi qurilma funksiyasi tomonidan belgilanadi. Shundan so‘ng maxsulot qadoqlash bosqichiga o‘tkaziladi. Namlikni so‘rib oluvchi vakuum bilan jixozlangan maxsus xonada qog‘ozlarga o‘ralayotgan maxsulot xavfsizligi ta’minlanadi. Mahsulot nafaqat sifati balki ko‘rinishi bilan ham ishtaxa tortar bo‘lishi shart. Sublimatsiya ushbu talabni ham chetlab o‘tmaydi. Shu bilan birga meva tarkibida antioksid, foydali vitaminlar, mineral modda hamda mikroelementlar to‘laligicha saqlanib qoladi. Albatta vazn bu borada juda xam omadli emas. Sababi jarayon uni ko‘p yo‘qotishlarga majbur qiladi. Masalan, 1 kg quritilgan o‘rik va limonga 7 kg, qovun uchun esa 12 kg yangi maxsulot kerak bo‘ladi. Xuddi mana shunday tovar uchun korxona kuniga 2-4 tonna mevani qayta ishlab, 500 kgdan 1 tonnagacha tayyor maxsulot ishlab chiqaradi. 100 foiz eksportga yo‘naltirilgan korxona loyihasi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtirilgan Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Костылев А.А., Миляев П.В., Дорский Ю.Д. Статистическая обработка результатов эксперимента на микро- ЭВМ и программируемых калькуляторах. Л.: Энерго атом издат Xolmominov J. T. Tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning ekologik -huquqiy muammolari. – T. 2009 Download 18.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling