4. Urilish deb – ikki yoki undan kup jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi.
Absolyut noelastik urilish deb, ikkita deformatsiyalanadigan sharlarning urilishiga aytiladi. Tuknashuvdan sung sharlar birlashib harakat qilishlari mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan sharchalarning tuknashuvi bunga misol bula oladi. m1 va m1 massali sharlarning urilishgacha tezliklari mos ravishda va bulsin.
Bundan
Absolyut noelastik urilishda mexanik energiyaning saklanish qonuni bajarilmay uning bir qismi sharlarning ichki energiyasiga aylanadi.
Absolyut elastik urilish deb- ikkita deformatsiyalanmaydigan sharlarning urishiga aytiladi. Bunda sharlarning urilishdan oldingi kinetik energiyalari, urilishdan keyin ham tulaligicha kinetik energiyaga aylanadi.
Asolyut elastik urilishda impulsning va kinetik energiyaning saklanish qonunlari bajariladi. m1 va m2 massali sharlarning urilishgacha tezliklari mos ravishda va , urilishdan keyin esa va bulsin. Ularning harakat yunalishlarini hisobga olib ung tomonga yunalgan harakatni musbat, chap tomonga yunalganini esa manfiy ishora bilan olamiz. Shu xol uchun impulsning va kinetik energiyaning saklanish qonunlari quyidagicha buladi.
Kinetik energiyalar o’zgarishi
Xulosalar: Impulsning saqlanish qonuni yopiq sistemaga kiruvchi jismlar impulsining vektor yig’indisi bu sistema jismlari bir-birlari bilan har qanday o’zaro ta’sirida doimiy qoladi. Jismning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan ajralganda paydo bo’ladigan harakat reaktiv harakat deb ataladi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash:
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar:
Kodoskop, slaydlar,turli massali aravachalar, plakat, kartochkalar,jismlarni o’zaro ta’sirini o’ganuvchi qurilma
O’qitish uslublari: Savl-javob, tadqiqot metodi, namoyish etish metodi.
Adabiyotlar:
A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 45-53 bet.
X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil
Sinov savollari
1. Kuch impulsi deb nimaga aytiladi. U qanday birliklarda o’lchanadi?
2. Jism impulsi deb nimaga aytiladi?
3. Kuch impulsi va jism impulsi orasida qanday munosabat mavjud?
4. Impulsning saqlanish qonunini ta’riflang.
5. Reaktiv harakat deb nimaga aytiladi? Reaktiv harakatga misollar keltiring.
6. Qanday fizik kattalikka ish deb aytiladi?
7. Ish formulasini yozing. SI da ish birligi nima?
8. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |