F1= -F2
Bu kuchlarni impuls orqali yozilgan. Nyutonning ikkinchi qonuni bo’yicha ifodalaymiz:
F1= -F2 bo’lgani uchun
Yoki =
m0+ Mu0 = m +Mu
Yopiq sistemaga kiruvchi jismlar impulsining vektor yig’indisi bu sistema jismlari bir-birlari bilan har qanday o’zaro ta’sirida doimiy qoladi.
Yopiq sistema deb hisoblash mumkin bo’lgan jismlar sistemasi bilan biz tabiatda va texnikada doimo duch kelamiz. Bunday sistemalar: miltiq va stvoldagi o’q, to’p va snaryad, raketa qobig’i va undagi yoqilg’i, Quyosh va sayyoralar, Yer va uning yo’ldoshi. O’zaro ta’sir kuchlari ta’sirida sistema jismlaridan birining impulsi o’zgarsa, albatta boshqa jismlarning impulslari o’zgaradiki, lekin bunda doimo hamma jismlarning umumiy impulsi o’zgarmay qoladi.
Impuls saqlanish qonunining amaldagi qo’llanilishiga reaktiv harakatni misol qilib olish mumkin. Jismning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan ajralganda paydo bo’ladigan harakat reaktiv harakat deb ataladi. Reaktiv harakatni hosil qiluvchi kuchga orqaga itarish kuchi yoki reaktiv kuch deyiladi. Reaktiv kuchning tipik misoli raketalar harakatidir.
Raketa o’zaro ta’sirlashuvchi ikki jism sistemasidir. Raketaning 1-bosh qismida foydali yuk joylashtiriladi. Bular zaryad, ilmiy asboblar yoki kosmonavtlar bo’lishi mumkin. Raketaning 2 qismida yoqilg’i va turli xil boshqarish jihozlari turishi mumkin. Yoqilg’i 3 yonish kamerasiga beriladi va u yerda yuksak haroratli va yuksak bosimli gazga aylantiriladi. Reaktiv soplo deb ataladigan 4 nasadka orqali gaz tashqariga chiqarilib, reaktiv oqim hosil qiladi. Soplo oqimning tezligini oshiradi. Yonish kamerasidagi gaz va raketani tashkil etgan boshqa narsalar - o’zaro ta’sirlashuvchi ikki jism sistemasidir. Gaz jismning - raketaning ajraluvchi qismidir.
Raketa-gaz-yoqilgi yopik sistemasi uchun impulsning saklanish qonunini yozamiz va bunda, yonish bulmasidagi yoqilgi yonguncha sistema impulsi nolga tengligini e’tiborga olamiz.
Bundan , yoki raketa tezligining moduli uchun ifodani xosil qilamiz.
Reaktiv harakat yuqoridagi prinsipga ya’ni yopik sistemadagi jismlarning bir-birini harakatga keltirishiga asoslangan.
2. Mexanik ish. Kuch yo’nalishi ko’chish yo’nalishi bilan mos tushgan holda kuch modulini ko’chish moduliga ko’paytmasiga teng bo’lgan A skalyar kattalik kuchning ishi deb ataladi.
A=FScos
Do'stlaringiz bilan baham: |