Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-amaliy

Ruhiy holat sabablarga:
Ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli
zo’riqishi, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik fiziologik jihatdan mos kelmasligi,
charchashi, jamoatchilik orasidagi nosog’lom muhit tufayli kelib chiqadi.
Iqtisodiy sabablar:
Mehnat muhofazasi masalalariga
sovuqqonlik bilan qarash
,
shuningdek, oylik maoshlarni o’z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga
erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga yetarli mablag’ ajratilmasligi
tufayli kelib chiqadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga:
ishchining
intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.


Ishlab chiqarish yoki noishlab 
chiqarish jarayonida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan 
jarohatlanishdan 
muxofazalovchi vositalarni ikki 
turga bo’lishimiz mumkin.
Ommaviy himoya
vositalari.
Shaxsiy himoya vositalari.
3.Mexanik jarohatlanishdan himoyalovchi vositalar.


Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash
va ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar
yuklanadi
:
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat va
hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to’g’ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan
hollarda esa ularni qo’llashni ta’qiqlashni nazorat qilish.
2. Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan
o’tkazish, ularning sozligini tekshirib turish xamda ularning himoya xossalari pasaygan
filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga
kelgusi sinov muddati xaqida tamg’a qo’yish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash,
zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z
vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o’z vaqtida
ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo’mitasiga
yuklatiladi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling