Nafas
olish
a’zolarini
himoyalovchi
vositalari.
Nafas
olish
a’zolarini
himoyalovchi vositalar zararli kimyoviy moddalar ta’siridan himoyalanish maqsadida
ishlatiladi. Himoyalovchi vositalarga respiratorlar va gazniqob (protivogaz)lar kiradi. Ta’sir
qilish prinsipiga ko‘ra gazniqob (protivogaz)lar 2 turga bo‘linadi.
Filtrlovchi gazniqob (protivogaz)larda tashqaridagi havo zaharli va zararli
moddalardan tozalanadi so‘ngra nafas olish a’zolariga beriladi va chiqarilgan havo
tashqariga chiqariladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqob (protivogaz)lar nafas olish a’zolarini butunlay tashqi
havo ta’siridan himoyalaydi. Ular havodagi kislorod va zararli moddalar miqdori turlicha
bo‘lgan holatlarda ishlatilishi mumkin. Masalan: PSh-2 shlangali gazniqob (protivogaz)i
bir vaqtning o‘zida 2 ta odamga xizmat qilishi mumkin. Bu gazniqob (protivogaz)larga 50
l/min miqdordagi havoni yetkazib berish qo‘l bilan yoki elektrik yuritmali havo
xaydagichdan yetkazib beriladi.
Nafas olish a’zolarini himoya qilish vositalari:
a) gazniqob;
b) respirator.
Eshitish a’zolarini himoyalovchi vositalar.
Tiqinlar – paxtadan qilingan, quloq teshigiga o‘rnatishga mo‘ljallangan vositadir. Uning
samaradorligini oshirish maqsadida parafinga o‘xshash ba’zi bir moddalar shimdiriladi. Bundan
tashqari, qattiq moddalardan, masalan, rezina, ebonit kabilardan yasalgan tiqinlardan xam
foydalaniladi. Tikinlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar hisoblanadi. Lekin ularning
samaradorligi oz, ya’ni 5-20 dBgacha tovushni kamaytira oladi.
Yuzni himoyalovchi vositalar.
Bir vaqtning o‘zida ko‘z va yuzni himoya qilish talab qilingan ishlarda himoya shitlari
qo‘llaniladi. Ularning vazifasi va konstruktiv tuzilishiga qarab quyidagi turlarga: boshga
maxkamlanadigan, kaskaga maxkamlanadigan, dastali va universal щitlarga bo‘linadi
Do'stlaringiz bilan baham: |