d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta’sirida maydalanadi.
e) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta’siri ostida amalga oshiriladi.
j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi.
JAG‘LI MAYDALAGICHLAR
JAG‘LI MAYDALAGICHLAR
Maydalagichlarning konstruksiyasi
Asosan noruda materiallarni birinchi bor qayta ishlash uchun qurilish materiallari sanoatida jag‘li maydalagichlar keng qo‘llaniladi.
Jag‘li maydalagichlarning asosiy parametri uning yuklash va yuk tushirish qismlaridir. Masalan: SM-888-1500 x 2100 x 180. Markali jag‘li maydalagichning yuklash qisman o‘lchamlari kengligi 1500 mm, uzunligi 2100 mm, yuk tushirish qismi kengligi 180 mm (jag‘ning eng katta ochilgan holda) uzunligi 2100 mm yuklash qismining kengligi yuklanayotgan materialning eng yuqori kattaligini belgilaydi. YUklanayotgan materialning o‘lchami yuklash qismining kengligining 0,8-0,85 qismini teng bo‘lishi kerak. YUklash qismining o‘zligi bir vaqtida yuklayotgan material miqdorini va ish unumdorligini belgilaydi.
Ish jarayoniga qarab jag‘li maydalagichlar 2 tipga bo‘linadi.
1) Harakatdagi jag‘i oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.
2) Harakatdagi jag‘i murakkab harakat qiluvchi jag‘li maydalagich.
Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |