Mexanik tebranishlar
Tebranishlar va tashqi kuchlar
Download 346.96 Kb.
|
MEXANIK TEBRANISHLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- S o’nuvchi tebranishlar.
- Majburiy tebranishlar.
Tebranishlar va tashqi kuchlar
M ayatniklar xususan prujinali yoki matematik mayatnik tebranishlarini ko’rganimizda, prujinali mayatnikda prujinaning elastiklik kuchi, matematik mayatnikda ipning taranglik kuchi va og’irlik kuchlarini ko’rdik. Bu kuchlar ichki kuch bo’lib hisoblanadi. Tashqi kuchlar ya‘ni xususan ishqalanish kuchlari bu tebranish sistemalariga ta‘sir qilmaydi deb qaradik. Tashqi kuchlar ta‘siridan holi bo’lgan bunday sistemalardagi tebranishlar erkin tebranishlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta‘sir qilmaydigan bunday tebranish sistemalarini berk sistema deyiladi. Berk tebranish sistemasida tebranish abadiy bo’lishi kerak, ya‘ni erkin tebranishlarda to’la energiya saqlanadi va tebranish amplitudasi o’zgarmas bo’ladi. Real sharoitlarda bunday tebranishlarning bo’lishi mumkin emas. S o’nuvchi tebranishlar. Real Yer sharoitida ishqalanish kuchlarining mavjudligi tebranishlarga qarshi ta‘sir qilib, manfiy ish bajaradi. Bu manfiy ish tebranishlar amplitudasining kamayishiga olib keladi va nixoyat shu zaylda tebranishlar so’nadi va tebranuvchi sistema harakatdan to’xtaydi. Amplitudasi kamayib boruvchi tebranishlarni so’nuvchi tebranishlar deb aytiladi. Majburiy tebranishlar. Tebranayotgan sistemaga ishqalanish kuchi emas, balki davriy ravishda ta‘sir etib turadigan tashqi kuch qo’yilgan bo’lsin. Bunday kuchlar ta‘siridagi tebranishlar majburiy tebranishlar bo’lib hisoblanadi. Majburiy tebranishlar chastotasi majburlovchi tashqi kuch chastotasiga teng bo’ladi. Majburiy tebranishlarda ishqalanish kuchi ta‘sirida yo’qotilgan energiya majburlovchi kuch bajargan ish hisobiga tuldirilib turiladi. Rezonans. Majburlovchi tashqi kuchning tebranish chastotasini o’zgartirib shu holga olib kelaylikki, tebranayotgan sistemaning xususiy chastotasi bilan teng bo’lib kolsin bunday holatda majburlovchi kuchning amplitudasi ortib ketadi, ya‘ni rezonans hodisasi sodir bo’ladi. Majburiy tebranishlar chastotasining xususiy tebranishlar chastotasiga mos kelib, majburiy tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketishiga rezonans deyiladi. Rezonans hodisasi kundalik xayotda teztez uchrab turadi. Rezonans hodisasining salbiy okibatlaridan saqlanish maksadida xususiy tebranishlar va majburiy tebranishlar chastotalarini hisoblab turiladi. Xulosa. Men ushbu mavzuni o’zlashtirib Mexanik to’lqinlar haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Tebranma harakat yoki tebranish deb davriy ravishda takrorlanadigan harakatga aytiladi. Texnika va tabiatda uchraydigan turli ko‘rinishdagi tebranishlar bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib chiqqan bo‘lib, unda turli xil tebranish yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi. Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o‘zgaruvchan tok, elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Tebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Har qanday davriy ravishda takrorlanuvchi harakat quyidagi fizik kattaliklar bilan harakterlanadi: amplituda, davr, chastota, faza, doiraviy yoki siklik chastotaTebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Har qanday davriy ravishda takrorlanuvchi harakat quyidagi fizik kattaliklar bilan harakterlanadi: amplituda, davr, chastota, faza, doiraviy yoki siklik chastota. Tebranish davri deb bir marta to‘la tebranish uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi. Tebranish davri T harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: Tebranish chastotasi harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: Tebranish chastotasi SI sistemasida gersda o‘lchanadi. Tebranish amplitudasi deb tebranuvchi nuqta yoki sistemaning muvozanat vaziyatidan eng katta chetlanish masofasiga teng bo‘lgan kattalikka aytiladi. Amplituda A harfi bilan belgilanadi va uning birligi qilib metr (m) qabul qilingan. Download 346.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling