Mexanika mashinasozlik fakulteti
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA №2 Mavzu: Polimerlar va ularning turlari. Ma’ruza rejasi
- 1. Polimer materiallar xakida umumiy tushunchalar
Kalit so‘zlar:
Struktura, panjara tuzilishi, organik, noorganik, makromolekula, bo‘g‘in, zanjir, kristall tuzilish, ammorf jismlar, uglerod-vodorodli brikmalar, chizikli va fazoviy tur. Nazorat savollari: Faning asosiy vazifalari? Nometal materiallarining tarixi? Nomyetall fanlarni rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shgan olimlar? Yangi materiallar qatoridagi nometall materiallar haqida ma’lumot bering? MA’RUZA №2 Mavzu: Polimerlar va ularning turlari. Ma’ruza rejasi: Polimyer materiallar haqida umumiy tushunchalar. Polimer materiallarning klasifikasiyasi. Polimerlarni molekulyar bog‘lanishiga va elektrik xossasiga ko‘ra turlarga bo‘linishi. 1. Polimer materiallar xakida umumiy tushunchalar Nometall materiallar, asosan polimer materiallar xisoblanadi. Polimer materiallar deb, shunday moddalarga aytiladiki, ularda makromolekulalar ko‘p sonli elementar (bir xil – monomerlar; yoki turli xil – sopolimer ) bo‘g‘inlardan tashkil topgan. Ularning molekulyar massasi 5000 dan 1 000 000 g/m. gacha yetishi mumkin. Bunday hollarda moddalardagi makromolekula xossalari, nafakat ulardagi molekulalarning kimyoviy tarkibiga, balki ularning bir-biriga nisbatan joylashishi va tuzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Polimerlarning makromolekulalari o‘ziga xos aloxida bo‘g‘inlardan tashkil topgan zanjir tuzilishiga ega. Zanjirning uzunligi uning ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan bir necha ming barobar katta bo‘lib, bu ularga yuqori darajadagi bikrlik xossasini beradi (bikrligi zanjirdagi jips birikkan bo‘g‘inlari bilan chegaralanadi). Polimerlarning bikrligi ularning o‘ziga xos xossasi xisoblanadi. Asosiy bo‘g‘inda joylashgan atomlar bir-birlari bilan mustahkam kimyoviy kavolent bog‘ bilan bog‘langan. Bunda bog‘lanish energiyasi 330 – 360 kDj/mol ni tashkil etsa, zanjirdagi molekulalarning bir-biri bilan bog‘lanishi oddiy fizikaviy ta’sirlashuv natijasida hosil bo‘lib, ularning bog‘lanish energiyasi ancha past 5 – 40 kDj/mol. Ba’zi murakkab turdagi molekulalararo bog‘ vodorod turidagi bog‘lanishlar natijasida birikkan bo‘lib, ularning bog‘lanish energiyasi 50 kDj/mol gacha yetishi mumkin. Nometall materiallardagi molekulalarning bir-biriga ilashib bog‘lanishi odatda – kogeziya deyiladi. Polimer makromolekulalar bir turdagi kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan (monomer) yoki turlicha bo‘lgan (sopolimer) bo‘g‘inlardan tashkil topgan bo‘ladi. Polimer materiallarda ichki tartibli joylashuv turi muxim axamiyatga ega, ya’ni materialni tashkil etuvchi bo‘g‘inlar va uning a’zolari fazoda ma’lum tartibda joylashishi. Chunki materialning fizik-mexanik xossalarini aynan shu joylashuv belgilab beradi. Tabiatda uchraydigan polimerlarga – tabiiy kauchuk, syellyuloza, slyuda, asbest, tabiiy grafit va boshqalar kiradi. Ammo polimerlarning juda kup turi sun’iy ravishda (sintetik) olinadi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling