Mexanika mashinasozlik fakulteti
Termoplastik plastmassalar va ularning asosiy turlari
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutubsiz termoplastik plastmassalar. Bularga polietilen, polipropilen, polistirol va ftoroplast – 4
4. Termoplastik plastmassalar va ularning asosiy turlari.
Termoplastik plastmassalarning asosini chiziqli yoki tarmoqlangan zanjir strukturaga ega bo‘lgan polimerlar tashkil etadi. Ba’zi hollarda plastmassa tarkibiga plastifikatorlar qo‘shiladi. Termoplastlar asosan chegaralangan issiqbardoshlikka ega bo‘lib ular 60 – 700 S dan yuqori haroratda qizdirilganda fizik-mexanik xossalari keskin pasayadi. Bazi issiqbardosh strukturaga ega bo‘lgan plastmassalar 150 – 2500 S gacha, pishiq bo‘g‘inga va siklik strukturaga ega bo‘lganlar esa 400 – 6000 S gacha issiqbardoshlikka ega turlari mavjud. Termoplastik plastmassalar uzok vakt davomida o‘zgaruvchan yuklama ta’siridan ularda majburi elastik deformasiya sodir bo‘ladi va ularning mustaxkamligi keskin yomonlashadi. Agar deformasiyalanish tezligi oshirilsa ularda majburiy elastik deformasiyalanish sodir bo‘lishiga ulgirmay koladi buni natijasida bir tamondan mo‘rt sinish xosil bo‘lsa ikkinchi tamondan materialda pishiklik paydo bo‘ladi. Yukori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan plastmassalar asosan kristallik strukturaga ega bo‘lgan polimerlar asosida ishlab chikariladi. Termoplastik plastmassalarning mustaxkamlik chegarasi 10 – 100 MPa tashkil etadi. Ularning tolikishga karshilik ko‘rsatish xossalari yukori bo‘lib, muddatiy ishlash xossasiga ko‘ra metal materiallardan ustunrok turadi. Termoplastlarning chidamlik chegarasi ularning mustaxkamlik chegarasining 0,2 – 0,3 kismini tashkil etadi. agar termoplastga ta’sir etayotgan o‘zgaruvchi yuklamaning o‘zgarish chostotasi 20 Gr dan katta bo‘lsa u tezda o‘z mustaxkamligini yo‘katadi. Termoplastik plastmassalar bog‘lanishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: kutubsiz va kutubli. Qutubsiz termoplastik plastmassalar. Bularga polietilen, polipropilen, polistirol va ftoroplast – 4 kiradi Polietilen - (- SN2 – SN2 - )n kimyoviy formulaga ega bo‘lib, rangsiz etilen gazining polimerlashtirilgan mahsuloti bo‘lib u kristallanadigan polimerlarga kiradi. Polietilen zichligiga ko‘ra ikki turga: past zichlikka ega bo‘lgan polietilen va yuqori zichlikka ega bo‘lgan polietilenga bo‘linadi. Past zichlikka ega bo‘lgan polietilen (PEVD) asosan 55 – 65 % kristal fazaga ega bo‘lib u etilen gazini juda yuqori bosimlarda polimerlash natijasida hosil bo‘ladi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan polietilen (PEND) nisbatan past bosimlarda ishlab chiqarilgan bo‘lib uning kristallik fazasi 74 – 95 % tashkil etishi mumkin. Polietilenning zichligi va kristalligi oshgan sari uning mustahkamligi va issiqbardoshligi oshadi. Bu polietilenlarni uzoq muddat 60 – 1000 S harorat ostida ishlatish mumkin. Ularning savuqqa bardoshligi – 700 S ni tashkil etadi. Polietilenlar kimyoviy turg‘un bo‘lib o‘rta haroratlarda hozirda ma’lum bo‘lgan erituvchilarning birortasida ham erimaydi. Polietilenlarning asosiy kamchiligi ularning tezda eskirishida. Ammo xozirda tezda eskirishini maxsus «Stabilizatorlar» nomi bilan ataladigan maxsus moddalar yordamida keskin pasaytirish imkonlari mavjud, masalan: polietilenlarga 2 – 3 % gaja, ya’ni uglerod kukuni kiritilsa uning eskirish tezligi 30 barobargacha pasyadi, ammo u o‘z rangini yoki shafofligini yo‘kotadi. Polietilenlar ionlashtirilgan nurlar ta’sirida qattiqlashib yuqori mustahkamlik va issiqbardoshli bo‘ladi. Polietilenlardan asosan turli maqsadlarda qo‘llaniladigan trubalar, listlar va unchalik katta kuchlar ta’sirida bo‘lmaydigan detallar, paket va plyonkalar, metalldan yasalgan detal yuzalarini zanglashdan saqlovchi hamda elektr tokidan izolyasiya qoplamalar qoplashda qo‘llaniladi. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling