Mexanika mashinasozlik fakulteti


Download 422.14 Kb.
bet11/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Polistirol – uning kimyoviy formulasi (-SN2 – SNS6N5 - )n ko‘rinishga ega bo‘lib u qattiq, pishiq, shaffof amorf turdagi polimer xisoblanadi. U mexanik kesim ishlashga qulay, juda yaxshi bo‘yaladi, benzinda erimaydi. Polistirol makromolekula tarkibida S6N5 – fenol radikallar bo‘lgani uchun u boshqa plastmassalarga qaraganda ionlashgan nurlarga bardoshli.
Polistirolning asosiy kamchiliklariga asosan uning issiqbardoshligining kamligi, tez eskirishi va o‘z-o‘zidan darzlar hosil qilishligida.
Oddiy polistiroldan tashqari polistirolning zarbga bardoshli turlari bo‘lib ular kauchukning stirol bilan blokli – sopolimeri bo‘lib UPS bilan markalanadi. UPS polistirolining boshqa plastmassalarga nisbatan zarbiy qovushqoqligi 3 – 5 barobar va nisbiy cho‘zilishi 10 barobar yuqori. Yuqori mustahkam polistirol ABS – marka bilan belgilanib u yuqori kimyoviy turg‘unlikka va yorug‘lik nurlariga hamda issiqbardoshli. Ammo bunday materiallar oddiy polistirolga qaraganda dielektrik singuvchanligi past. Polistiroldan asosan radio va televideniya apparatlarining, mashina-mexanizm detallari, suv va kimyoviy moddalar uchun idishlar, ABS – markadan esa avtomobil salonining detallari tayyorlanadi.
Ftoroplast – 4 yoki ftorolon – 4 nomi bilan yuritiladigan plastmassa bo‘lib uning kimyoviy formulasi ( - SF2 – CF2 - )n. U amorf – krisstalli polimer hisoblanib 250o S da kristallarnish tezligi past bo‘lib u deyarli mexanik xossalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun ftoroplast – 4 ni yuqori 250o S haroratgacha qizgan sharoitlarda uzoq muddat ishlatish mumkin. Bu material 327o S hararatda erib, 415o S haroratgacha qizdirilganda parchalana boshlaydi. Materialning amorf fazasi yuqori elastik holatda bo‘lib u ftoroplast – 4 ga biroz yumshoq bo‘lishligini ta’minlaydi. U juda past –269o S haroratlarda ham mo‘urt bo‘lmaydi. Ftoroplast – 4 kislata, ishqorlarga, turli erituvchi va oksidlovchi moddalarga kimyoviy turg‘un, u suvda namlanmaydi, faqat eritilgan ishqor va metallar va atomar ftor ta’sirida parchalanishi mumkin. Ftoroplast – 4 yuqori antifriksion xossalarga ega bo‘lib uning ishqalanish koefsiyenti juda kichik f = 0,04 u 327o S haroratgacha o‘zgarmaydi.
Ftoroplast – 4 ning asosiy kamchiligiga sovuqdan oquvchanligi, 150 – 250 oS haroratgacha qizdirilganda o‘zidan inson organizmiga zararli taksik ftor gazlarni chiqarishi va qayta ishlash jarayoni murakkabligida. Ftoroplas – 4 dan asosan turli maqsadlarda ko‘llaniladigan quvurlar, trubalar, sovuq suv uchun vintel jumraklari, nasos detallari, turli zichlagichlar, radiotexnika detallari va ishqalanib ishlaydigan podshipniklar tayyorlanadi.
Ftoroplastning yana boshqa turlariga ftoroplast – 4D, u kichik ftoroplast – 4 dan kichik makromolekulyar massasi va zarrachalar o‘lchami bilan farq qiladi. Bu esa unga qayta ishlash jarayonini osonlashtirish imkonini beradi. Ftoroplast – 42, bu material olovda yonmaydi, kimyoviy turg‘un, undan asosan maxsus kiyim va shunga o‘xshash narsalar tayyorlanadi. Ftoroplast – 40 bu material yuqori qattiqlikka ega bo‘lib sovuqdan oquvchanligi yo‘q, ionlashtiradigan yorug‘lik nurlariga turg‘un va yuqori texnologik xossalarga ega.
Rasm 5 da qutubsiz termoplast plastmassalarining suv singuvchanlik darajasini ko‘rsatuvchi diagramma keltirilgan, jadval 1 da esa ularning fizik-mexanik xossalari 1 jadvalda keltirilgan.

Rasm 5. Qutubsiz tyermoplastik plastmassalarning suv singuvchanligini ko‘rsatuvchi diagramma: 1 – SEP; 2 – PEND; 3 – PEVD; 4 – ftoraplasti – 4; 5 – polistirol; 6 – syelyuloza treasetat.
Jadval 1.




Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling