Mexanika mashinasozlik fakulteti


Download 422.14 Kb.
bet13/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan

Ariloks–polifenilenoksid –oddiy aromatik poliefir, amorfen –qiyin kristalanadigan, termik turg‘unligi bo‘yicha fenilondan pastroq. Bu materialni uzoq muddat 130 – 150 oS harorat sharoitida ishlatish mumkin bo‘lib u juda yaxshi fizik-mexanik xossalarga ega: σch = 60-84; σsk = 105-115; σeg = 100-125 MPa; ε = 20-100 %; a = 40-140 kDj/m2. polifenilenoksiddan asosan medisinada foydalaniladigan xirurgik aboblar, detallar va yuqori chastotalarda ishlovchi uskunalar detallarini yasashda foydalaniladi.
Polisulfon - oddiy aromatik poliefir, ularning fenol makromolekula guruhlari oralig‘ida - SO2 - materialga yuqori issiqbardoshlik va - O -, - S(SN3)2 – pog‘onalar bo‘lib materialning taranglikni pasaytiradi. Bu amorf qiyin kristalanadigan polimer bo‘lib u termik turg‘un va kimyoviy bardosh bo‘lib mexanik xossalari bo‘yicha polifinilenoksid materialiga o‘xshab ketadi. Polisulfon asosan turli plyonkalar, quyma konstruksion detallar, -100 dan 175 oS gacha bo‘lgan harorat sharoitlarda ishlaydigan avtomobilь, dastgohlar, maishiy uy mashina detallari, tipagrafiya platalari tayyorlanadi.
3. To‘ldiruvchiga ega bo‘lgan termoplastlar
Bunday plastmassalarda bog‘lovchi, ya’ni matrisa vazifasini termoplastik polimerlar tashkil etgan bo‘lib to‘ldiruvchi ya’ni armirlovchi vazifasini: shisha, astbest va kelib chiqishi organik bo‘lgan tolalar bajaradi. Tolasimon to‘ldiruvchi materialning sikiletini tashkil etib u barcha tashqi kuchlarni o‘ziga qabul qilib materialni mustahkamligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishda asosan polimidli va polikarbonatli bog‘lovchi va qisqa qirqilgan shisha tolali to‘ldiruvchiga ega bo‘lgan plastmassalar qo‘llaniladi. Bular to‘ldiruvchiga ega bo‘lmagan plastmassalarga qaraganda yuqori mustahkamlikka σv = 90-149 MPa; σsk = 110 – 140 MPa; σeg = 150-220 MPa ega bo‘lishadi. Ularning issiqbardoshligi -60 dan 180 oS tashkil etadi.
To‘ldiruvchisi sinteteik tolalarlar, propilen, kapron, lavsan va vinol, bog‘lovchisi esa poliimid yoki polikarbonat bo‘lgan plastmassa turlari yuqori egiluvchanikka ega bo‘ladilar, chunki bularning tolalari bog‘lovchi kimyoviy strukturasiga yaqin. Bu esa materialning oquvchanligini 5 barobar kamaytiradi, uzoq muddat ishlashini esa 10 barobar oshiradi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan tolali to‘ldiruvchiga ega bo‘lgan plastmassalardan tashqari, to‘ldiruvchisi juda yupqa bo‘lgan listdan yasalgan plastmassa turlari bo‘ladi. Bunday materiallarda to‘ldiruvchi sifatida kelib chiqishi har-xil bo‘lgan tolalardan tuzilgan gazlama listlari ko‘llaniladi. Bu esa materialning mustahkamligini syezilarli oshirishga: σv = 400-430 MPa; σsk = 280 – 300 MPa; σeg = 450-500 MPa; a – 250 – 300 kDj/m2 imkon berib, issiqbardoshligini esa 220 oS gacha oshiradi. Bunday materiallardan asosan issiq suv quvir va trubalari hamda ularga vintel detallari, agressiv suyuqliklarni saqlash idishlari va shunga o‘xshagan buyumlar ishlab chiqariladi.
Kalit so‘zlar:
Organik shisha, polivinilxlorid, polimidlar, poliuritanlar, polikarbonat , poliformaldegid, aromatik poliamid, ariloks – polifenilenoksid, polisulfon

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling