Mexanika mashinasozlik fakulteti
Kompozision materiallarni matrisa turiga ko‘ra klasifikasiyalanishi
Download 422.14 Kb.
|
4. Maruza matni nometall fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlo‘vchi turiga ko‘ra
2. Kompozision materiallarni matrisa turiga ko‘ra klasifikasiyalanishi.
Matrisa turiga ko‘ra – organik polimer matrisali; noorganik polimer matrisali, metall matrisali; kotishma matrisali va aralash matrisali materiallarga bo‘linadi. Materialning matrisasi materialining asosiy geometrik shaklni berib unga ta’sir qilayotgan tashqi kuchni materialning butun hajmi bo‘ylab teng tarqatish va tolali yoki kukunli mustahkamlovchini atrof muhit ta’siridan saqlash vazifasini bajaradi. Materisaning turi undan yasalagan materialning haroratga, korroziyaga bardoshligini elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligini, ishlab chiqarish turini va bir qator fizik-mexanik xossalarini belgilaydi. Mustahkamlo‘vchi turiga ko‘ra - shishatolali, karbotolali, bortolali va organiktolali turlarga bo‘linadilar. Qatlamli kompozision materiallarda tolalar birinchi qatlamda bir-biriga nisbatan parallel qilib bir qatordan yotqizilgan bo‘lsa keyngi qatlamda unga nisbatan perpendyekulyar ammo tolalarning bir-biriga nisbatan parallel yotqizilgan bo‘ladi. Bir nechta shunday qatlamlardan tashkil topgan kompozision materialning xossalari anizatropik xossaga ega bo‘lib oladi. Bundan tashqari tolalarni bir-biriga nisbatan turli yunalish va burchaklarda joylashtirish natijasida xossalari yuqori bo‘lgan kompozision materiallar hosil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda materialning egilishga yoki buralishga ishlay olishligi materialdagi mustahkamlovchi va armirlovchining bir-biriga nisbatan joylashishi va qatlamlarning qalingligiga bog‘liq. Kompozision materiallarda asosan mustahkamlovchi tolalar uchta, to‘rtta va undan ko‘proq to‘kilgan hollarda qo‘llaniladi. Mustahkamlovchi tolalarning taxlanish tartibi ya’ni armirlanish turi rasm 7 da ko‘rsatilgan. Rasm 7. Kompozision materiallarni mustahkamlovchilar bilan armirlash turlari: I – birtamonlama yunaltirilgan taxlash, II – ikkitamonlama yunalishda taxlash, III – uchtamonlama yunalishda taxlash; 1 – to‘g‘ri burchakli, 2 – olti burchakli, 3 – og‘ma burchakli, 4 – to‘kilgan, 5 – ko‘p to‘kilganli. Ishlab chiqarishda asosan uchta bir-biriga nisbatan perpendikulyar tolalardan to‘kilgan strukturaga ega xillari tarqalgan. Bunda mustahkamlovchi UK bo‘yicha, radius bo‘yicha va aylana bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Uch o‘lchamda mustahkamlangan kompozision materiallar istalgan qalinlikda bo‘lib ular blokli-to‘rtburchak hamda silindrik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Download 422.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling