Qisqa tutashtirgichli bo’lgichlarini hisoblash


Download 161.7 Kb.
bet1/6
Sana15.03.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1270495
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qisqa tutashtirgichli bo’lgichlarini hisoblash


Qisqa tutashtirgichli bo’lgichlarini hisoblash

Odatda QT soniya ulushida davom etadi, ma’lum vaqtlarda esa birqancha soniya bo’lishi ham mumkin. O’tkazgichning QT toki bilan qizishning o’tkinchi jarayoni shu bilan tavsiflanadiki, qizish davomi qizish vaqt doimiyligidan kichik bo’ladi, chunki qizish vaqt doimiyligi 5 30 soniyaga teng. Qisqa tutashuv «xukmronlik» qiladigan vaqtda zanjir toki normal holdagiga qaraganda 10 20 marta ortib ketishi, o’tkazgichlar harorati esa normal holdagidan 2 3 marta kattalashishi mumkin. Demak issiqlik o’tkazuvchanlik kamida uch barobar, o’tkazgichdagi quvvat isrofi yuz barobargacha ortadi. Issiqlik o’tkazishlik o’tkazgichdan ajraladigan issiqlikning 1 3% tashkil etganligi tufayli bo’layotgan jarayon adiabatik ravishda bo’ladi, boshqacha aytganda tashqi muhitga issiqlik uzatilmaydi.


O’tkazgichlar haroratining qisqa muddatda ko’tarilishi metalni magnitsizlantirishga va erishga, izolyasiyani mo’rtlashishga, kontaktlarni nurashiga va tok o’tkazguvchi elementlarni ishdan chiqishiga sababchi bo’ladi. Jixoz va o’tkazgichlarning qisqa tutashuv davridagi issiqlik ta’siriga bardosh bera olishi va o’z normal ishini yana davom ettira olishi xususiyatiga termik bardoshlik deb ataladi. Termik bardoshlikning omillari deganda metalning mexanik puxtaligi bilan cheklanadigan oxirgi harorati, jixozlar qismlarining deformasiyasi va izolyasiyaning issiqlika bardoshligi tushuniladi.
Issiqlik hisob-kitobining asosiy vazifasi – issiqlik manbai quvvatini va issiqlik yoki harorat maydonini aniqlashdir. Dastlabki bosqichda elektr jixozlarida issiqlik manbalarini aniqlab, uning quvvatini kamaytirish bo’yicha tavsiya ishlab chiqish hamda jixozga materiallar sarfini kamaytirilgan holda harorat maksimal qiymatini ruxsat etilgan darajagacha tushirish zarur.
Issiqlik hisob-kitobining yana bir masalasi - QT vaqtida o’tkazgich haroratini aniqlash va uni shu turdagi o’tkazgichlar qisqa muddatdagi maksimal ruxsat etilgan harorat bilan ishlagan davridagiga qiyoslashdir. PUE da jixoz va o’tkazgichlar uchun ruxsat etilgan haroratlarning tajribadan olingan qiymatlari 8.1-jadvalda keltirilgan. Ruxsat etilgan harorat qiymatlari normal ishlaganda hosil bo’ladigan haroratdan yuqori bo’lar ekan, chunki metallning mexanik xususiyati o’zgarishi va izolyasiya yemirilishi faqat harorat bilan emas, balki isitish vaqtiga ham bog’liq bo’ladi. QT davridagi oxirgi harorat 120 3000C atrofida bo’lar ekan, vaxolanki normal holdagi ruxsat etiladigan harorat 60 800C dan ortmaydi.
Izolyasiyalanmagan mis o’tkazgichlar uchun maksimal harorat 3000C, alyuminiyli uchun 2000C qabul qilingan. Shimdirilgan qog’oz izolyasiyali kabellar 10 kV kuchlanishida ruxsat etilgan harorat 2000C qabul qilingan. QT toki bilan adiabadik qizish sharoitlari uchun quyidagi energiya balansi tenglamasini yozish mumkin.
(8.1)
bunda: -o’tkazgichning haroratidagi qarshiligi; - haroratida o’tkazgich materialining solishtirma issiqlik sig’imi; -o’tkazgich materialining harorati 00C bo’lgandagi solishtirma qarshiligi va issiqlik sig’imi; va -ρ va C larning issiqlik o’zgarish koeffisientlari; -o’tkazgich materialining vazni; -material zichligi; -o’tish jarayonidagi o’tkazgichning harorati.
O’zgaruvchan qimmatlarni ajratib, ma’lum bir soddalashtirishdan so’ng (8.2) tenglamani quyidagi ko’rinishga keltirish mumkin.
(8.2)
O’tkazgich va jixozlarning ruxsat etilgan haroratlari

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling