Qisqa tutashtirgichli bo’lgichlarini hisoblash


Download 161.7 Kb.
bet4/6
Sana15.03.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1270495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qisqa tutashtirgichli bo’lgichlarini hisoblash

8.3-jadval.C – funksiyasining qiymatlari.

O’tkazgich

C –funksiyasining qiymati
A·C1/2/mm2

Shina turlari




Alyuminiy shinalari

91

Mis shinalari

167

Kabel turlari:

Kuchlanishning nominal qiymati, kV

6

10

Alyuminiy to’liq tomirli va qog’oz izolyasiyali

92

94

Alyuminiy ko’p sim tomirli va qog’oz izolyasiyali

98

100

Mis to’liq tomirli va qog’oz izolyasiyali

140

143

Mis ko’p sim tomirli va qog’oz izolyasiyali

147

150

Alyuminiy tomirli va polivinilxlorid izolyasiyali

75

78

Mis tomirli va polivinilxlorid izolyasiyali

114

118

Alyuminiy tomirli va polietilen izolyasiyali

62

65



Qisqa tutashuv vaqtida shina qurilmalarining elektrodinamik chidamliligni tekshirish

Elektr apparatlari va o‘tkazgichlarini tanlashning shartlaridan biri davomli ish holatlarida tok o‘tkazuvchi qismlarning ruxsat etilgan qizishi hisoblanadi. EUTQ (PUE) da o‘tkazgichlarning elektr toki ta’sirida qizishining quyidagi uzoq vaqt davomida ruxsat etilgan harorati belgilangan:



  • o‘tkazgichlar va izolyasiyalanmagan bo‘yalgan shinalar uchun………………………………………………….70oS,

  • rezina va polivinilxlorid izolyasiyali o‘tkazgich va shnurlar uchun…65 oS,

  • polivinilxloridli plastik va polietilen izolyasiyali 10 kV gacha kuchlanishli kabellar uchun …………70 oS,

  • tikilgan polietilendan yasalgan izolyasiyali 10 kV gacha

kuchlanishli kabellar uchun……………………..…90 oS,

  • shimdirilgan kabel qog‘ozidan yasalgan izolyasiyali quyidagi kuchlanishli kabellar uchun:

  • 1 kVgacha.…………………………………….……... 80oS,

  • 6 kV…………...……………………….…..……….. 65oS,

  • 10 kV.…………………………………….…………..60oS,

  • 35 kV ……………………………………….………..50oS.

Atrof-muhitning mo‘ljallangan harorati havoda yotqizilgan o‘tkazgich va kabellar uchun +250S, erning tagida yotqizilgan kabellar uchun esa +150S ni tashkil etadi.
Havoda joylashib, izolyasiyalanmagan o‘tkazgichlarda tokning qizish bo‘yicha ruxsat etilgan zichligini aniqlaymiz.
O‘tkazgichning harorati:
υ = υo + θ. (8.15)
Bu erda υohavoning harorati, oS; θ – o‘tkazgich haroratining havo haroratigi nisbatan ortishi, oS.
Barqaror holatda o‘tkazgichda ajralib chiquvchi barcha quvvat F atrof-muhitga nurlanish Fl va konveksiyalanish Fk orqali tarqaladi, ya’ni
F = Fl + Fk = I2ra . (8.16)
Bu erda ra = rKpKb – o‘tkazgichning aktiv qarshiligi; r = ρl/S ; Kp = φ(√f/r) – yuza effekti koeffitsienti; Kb – yaqinlik koeffitsienti.
Nurlanish orqali tarqaluvchi quvvat quyidagicha aniqlanadi.
Fl = Flql = FlSε(T 4 – To4). (8.17)
Bu erda Fl nurlanish sirti yuzasi, sm2; S = 5,7*10-12 – absolyut qora jismning nurlanish koeffitsienti, Vt/(sm2grad4); T va To – mos holda o‘tkazgich va havoning haroratlari, K; ql – nurlanish orqali issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/sm2; ε – nurlanuvchi sirtning qoralik darajasi.
4.1- jadvalda har xil materiallar uchun nurlanuvchi sirtning qoralik darajasi ε keltirilgan.
Konveksiyalanish orqali tarqaluvchi quvvat quyidagicha aniqlanadi:
Fk = Fkqk = Fk*1,81*10 -4 βθ 1,25. (8.18)
Bu erda Fk – konveksiyalanish orqali issiqlik uzatuvchi sirt yuzasi, sm2; qk – konveksiyalanish orqali issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/sm2; β – issiqlik uzatish sirtining balandligiga bog‘liq bo‘lgan va har xil kesim yuzali o‘tkazgichlar va ularning fazoda joylashuviga mos holda tajriba yo‘li bilan aniqlanuvchi koeffitsient.
Uzoq vaqt davomida ruxsat etilgan chegaraviy haroratga Frux quvvat mos keladi. (4.2) dan ruxsat etilgan tok quyidagicha aniqlanadi:
Irux = √Frux/ ra = √(FlSε(T 4 – To4) + 1,81*10 -4 Fk βθ 1,25)/ ra (8.19)
O‘tkazgichlar uchun: Fl = Fk = F, Kp ≈ 1, Kb = 1.
Bunda
Irux = √FqγS/l = √πdγSq . (8.20)
Bu erda q = Sε (T 4 – To4) + 1,81*10-4 βθ1,25; d – o‘tkazgichning diametri.



Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling