Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala yechish namunalari 6.1.
Nazorat uchun savollar
1.Bir xil miqdordagi bir va ikki atomli gazlar temperaturasi ga o‘zgartirildi. Bu o‘zgartirishga bir xil issiqlik miqdori talab qilinadimi? 2.Porox gazlarining tez kengayishini adiabatik jarayon deb hisoblash mumkin. Nima uchun otilganda avtomat stvoli qiziydi? 3.Qaysi issiqlik sig‘imi katta - molyar yoki solishtirma? Vodorod va uglerod uchun molyar issiqlik sig‘imining solishtirma issiqlik sig‘imiga nisbati qanday farq qiladi? 4. Ikkita bir xil hajmdagi gaz, bir xil sharoitda, bir xil yakuniy hajmlarga siqiladi, biri tez, ikkinchisi sekin. Qaysi holatda bajarilgan ish katta? 5. Nima uchun kichkina kavsharlagich kostryulkalarni qalaylash uchun mos emas? 6. Qaysi paytda avtomobil dvigateli samarali ishlaydi – qishdami yoki yozda? 7. Ishlab turgan sovutgichning eshigi ochiq turganda, sovutgich turgan xonaning temperaturasi qanday o‘zgaradi? 8.Karno tsiklida gazning kengayish darajasini oshiramiz. Ish qanday o‘zgaradi? FIK chi? 9. Beshinchi qavatda yongan ko‘mirning potentsial energiyasi qo‘shimcha issiqlik berishi kerak emasmi? Siqilgan prujina kislotada eriganda, uning potentsial energiyasi qayerga ketadi? Masala yechish namunalari 6.1. Atrofdagi havoning temperaturasi 27°С bo‘lganda, 2g massali geliy bilan to‘ldirilganda havo sharining vajmi ko‘tarilish jarayonida10% ga oshdi. Geliy qanday ish bajargan? Berilgan: т = 2 g=2•10-3 kg; М = 4•10-3 kg/mol; t = 27°С=300 К; V2 = 1,1V1 А — ? Yechish. Kechayotgan jarayon izotermik bo‘lgani uchun, Bu holda Son qiymatlarini qo‘yib hisoblasak, ni olamiz 6.2. Qurol snaryadining massasi 25 kg, stvoldan uchib chiqish paytidagi tezligi 800 m/s , porox gazlarining massasi(zaryad massasi) 3,8 kg, poroxning issiqlik berish qobiliyati(yuqori chegarasi) = 10 MJ/kg. Bunday qurolning FIK nimaga teng? Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling