Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g‘oyalari
Download 460.5 Kb.
|
Mexanika bo`limining o`qitish usullari
Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo‘lib, jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shaklla-nishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan bog‘langan. Ko‘p hollarda kuch tushunchasi o’z ma’nosiga mos kelmaydigan atamalar qo‘llaniladi. Masalan, fizikada “tok kuchi” “elektr yurituvchi kuch”, “yorug‘lik kuchi”, “tovush kuchi”; badiiy adabiyotda “tabiat kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar. Ba’zi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma’qul bo‘lmagan ta’rif-talqinlar uchraydi, ya’ni kuchni go‘yo mustaqil mavjud bo‘lgan qandaydir narsaga o‘xshatishlar, kuch harakatni o‘zgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini o‘zaro ta’sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.
Shuning uchun ham kuch tushunchasini o‘quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi. 1.Kuch-moddiy obektlarning o‘zaro ta’sirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi o‘lchov. 2.Kuch-vektor fizik kattalik bo‘lib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga ko‘chishning ham yo‘nalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi. 3.Kuch tushunchasi, nafaqat o‘zaro ta’sir tushunchasi boshqa ko‘pgina tushunchalar (kuch momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar o‘zaro ta’sirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi bo‘lishi bilan birga hodisalarning yuz berish sababi bilan ham bog‘liq (ya’ni sababsiz oqibat bo‘lmasligi). 5.Kuch tushunchasi chegaralangan bo‘lib, harakatning mexanik shaklidan tashqari o‘zaro ta’sir va hodisalarga bu tushunchani qo‘llab bo‘lmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayonlar, organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning nomexanika shaklining aylanishi kuzda tutiladi. 6.Kuchni o‘zaro ta’sir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu o‘zaro ta’sir emas, balki o‘zaro ta’sirning o‘lchovidir. Dinamika qonunlarini o‘qitishda jism harakatining o‘zgarish sabablarini bilish o‘quvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Ba’zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch ta’sir etmaganda, F=0 bo‘lganda tezlanish nolga teng, ya’ni jism tekis va to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bo‘lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o‘rganishda ma’lum bo‘lgan qiyinchilik an’anaga aylanib qolgan ta’riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch turgan bo‘lsa, tinch holatning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi”- deyiladi. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling