Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g‘oyalari


Download 460.5 Kb.
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi460.5 Kb.
#1553893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mexanika bo`limining o`qitish usullari

D. V. Sivuxin
Umumiy fizika kursi. Mexanika



I.K.Kikoin. 9-sinf fizika darsligi

“Tashqi tasirlardan holi jism yoki tinch turadi, yoki to‘g‘ri chiziqli va bir tekis harakatlanadi”.

“Shunday sanoq sistemalari mavjudki, ularga nisbatan ilgarilanma harakat qilayotgan jism, unga boshqa jismlar tasir qilmasa (yoki boshqa jismlarning tasiri kompensatsiyalansa), o‘z tezligini o‘zgarmas holda saqlaydi”.

D.V.Sivuxinning tarifi ham, avalgi darsliklarda keltirilgan tariflar ham o‘quvchilarga tushunarlidir, chunki dastavval ularda bolani o‘rab turgan jismning holati haqida, ular o‘zi ko‘rgan, guvoh bo‘lgan holatlar haqida gapiriladi. I.K.Kikoinning darsligida berilgan tarifning ko‘pchilik o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmasligining asosiy sababi, ular uchun mavhum bo‘lgan inersial tizim tushunchasi ularga tanish bo‘lgan, obrazlarning inikosi bilan bog‘lanmaydi. Boz ustiga, qobiliyatli o‘quvchilar inersial sistemalar mavjud emas, bu ideallashtirish, uning vazifasi ularga tushunarli emasligini aytadilar. Shuni aytib o‘tamizki, D. V. Sivuxin inertsiya qonunini bayon qilish jarayonida I. Nyutonning tarifini tahlil qilishdan boshlab, keyin yuqorida keltirilgan tarifni beradi va faqat shundan so‘ngina inersial sanoq sistemalar haqidagi tushunchani kiritadi.


O‘rta umumiy ta’lim dasturiga asosan klassik mexanika masalalari kiradi. Uni o‘rganishga hozirgi zamon nuqtai nazaridan yondoshish bu bo‘limga ba’zi yangi masalalar, masalan, kosmik parvozlar mexanikasini kiritishdan iborat bo‘lib qolmay, balki uning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini zamonaviy tahlil qilish, ularni qo‘llanilish chegarasini aniqlashdan iborat. Mexanika bo‘limining yangi o‘quv dasturi avvalgilaridan anchagina farq qiladi. Unda to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarning kinematikasi ham, dinamikasi ham birga o‘rganilishi kuzda tutilgan.
O‘quv materialni bunday sistemalashtirishda faqat vaqtni tejash kuzda to‘tilgan bo‘lmay, uning ma’lum metodik ustunliklari mavjud. Mexanikada eng oddiy va mexanikaning asosini tashkil etadigan fizik tushunchalar: tezlik, tezlanish, massa, ko‘chish, energiya kabi tushunchalar shakllanadi. Mexanika bo‘limini o‘rganishda kam sonli fizika qonunlari yordamida birgina usul qo‘llanilib, jismlarning harakati va muvozanatiga doir ko‘pgina masalalarni hal etish imkoniyati mavjud ekanligi ko‘rsatiladi. Bunda o‘quvchilar analiz va sintez, induktsiya va diduktsiya kabi umumiy ilmiy metodlarni o‘zlashtiradilar.

Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling