Mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali
Download 4.19 Mb. Pdf ko'rish
|
teshayev g\'olib quyimozor nasos stansiyasidagi suv sathini intellektual datchiklar yordamida boshqarish bmi
Elektr xavfsizligi asoslari Elektr energiyasidan barcha soxalarda keng foydalanish tufayli odamlar kundalik turmushida turli xil elektr qurilmalari bilan aloqada buladi.Elektr qurilmalarning nosozligi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi sababli ulardagi nisbatan kichik kuchlanish ham odom sog ‘ligiga zarar keltirishi hatto hayotiga xavf tug ‘dirishi mumkin. Odamning elektr toki bilan shkastlanishini xavfni oldini olish uchun elektr qurulmalarini xavfsiz ishlatish qadamlarini bilish kerak. Odamining elektr toki bilan shikastlanishi elektr harakati va elektr urishiga farqlanadi. Elektr jarohatiga kuyish elektr yoy bilan ko‘zning zararlanishi elektr toki bilan shkastlanishi oqibatida odamning hushini yo‘qotishi natijasida vujutga kelgan sinish chiqish va shunga o‘xshash mexanik shkaslanishlar kiradi. Odam tanasidan elektr toki o‘tganda uni qizdiradi. Kuchlanish katta va odam tanasining elektr qarshiligi qancha kichik bo‘lsa uning tanasidan o‘tuvchi tok shuncha katta bo‘ladi. Bu esa odam tanasini kuchli qizdiradi va oqibatda undagi hujayra to‘qimalari kuyadi. Kuyish qancha chuqur va katta bo‘lsa uni davolash shuncha uzoq davom yetadi va hatto ko‘pincha davolab ham bo‘lmasligi mumkin.Elektr toki urganda odamning ichki a‘zolari shikastlanadi.Elekt toki urishi uncha katta bo‘lmagan 25-100mA toklarda sodir bo‘ladi. 10mA gacha bo‘lgan tok inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lib yoqimsiz sezgi hosil qiladi. Agar tok 10-25 mA dan oshsa qo‘l muskullari tortishib qolishi mumkin. Natijada odam o‘zini tok o‘tkazuvchi qisimdan mustaqil ajratib ololmaydi.Bunday tok 15- 20 sekunddan ko‘p ta‘sir qilsa odamning nafas olishi qiyinlashib butkul to‘xtashi mumkin. Agar tok 100 mA va undan ko‘p bo‘lsa odamni darhol o‘ldiradi. Odam tanasidan o‘tuvchi tok miqdori tegib kuchlanishi va tok chastotasiga hamda odam tanasining elektr qarshiligig a bog‘liq. Odam tanasining elektr qarshiligi uning kayfiyatiga vazniga jismoniy chiniqqanligiga terisining holatiga va hakozolarga bog‘liq. Odam terisi quruq va shikastlanmagan bo‘lmaganda uning elektr qarshiligi zax changli muhitga va atrof- muhit temperaturasi yuqori bo‘lganda eng kichik qiymatga erishadi. Odam tanasidagi xujayra to‘qimalarining elektr qarshiligi 800-1000 Om dan oshmaydi. SHuning uchun xavfsiz kuchlanishning qandaydir miqdori to‘g‘risida gapirish juda qiyin. Elektr qurilmalarni ishlatishdagi ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki eng yomon sharoitli xonalar uchun 12 V dan kichik xamda quruq toza xonalar uchun 36 V dan kichik kuchlanishlarni xavfsiz kuchlanishlar deb hisoblash mumkin. SHuningdek quruq xonalarda odam tanasining elektr qarshiligi bir necha o‘ng ming Om ga yetadi shuning uchun bu holda yuz volt atrofidagi kuchlanish ham xavfsiz bo‘lishi mumkin. Odam tanasi orqali o‘tuvchi tok oldindan aniqlash mumkin. SHu sababli amalga xavfsiz shartlar chegarasini belgilashda ,,Xavfsiz tok" ga emas balki ―joiz kuchlanish‖ ga mo‘ljal qilinadi. Elektr qurilmalarning qoidalarida atrof-muhit sharoitlariga qarab quyidagi joiz kuchlanishlar belgilangich:65 V; 36 V; 12 V; 36 V va 12 V li elektr qurilmalar kichik kuchlanishli qurilmalarga kiradi. 65V li elektr qurilmalar past kuchlanishlar qurilmalarga kiradi. Agar elektr qurilmalarning kuchlanishi yerga yoki elektr mashinalar hamda apparatlarning asosiga nisbatan olganda 250 V dan kichik bo‘lsa bunday qurilmalar past kuchlanishli elektr qurilmalar deb ataladi. Agar elektr qurilmalarning kuchlanishi yerga yoki elektr mashinalar hamda apparatlarning asosiga nisbatan olganda 250 V dan katta bo‘lsa ular yuqori kuchlanishli qurilmalar deb ataladi va ularga yuqori kuchlanishli qurilmalarni ishlatish qoidalari tadbiq etiladi. Xavfsizlik texnikasida ko‘zda tutilgan qator ximoya vositalari va tadbirlarni qo‘llash elektr qurilmalarning xavfsiz ishlashini ta‘minlaydi.Bunday tadbirlarga hamma tok o‘tkazuvchi qisimlarni maxsus himoya to‘siqlari yordamida himoyalash elektr qurilmalarni himoyali yerga yoki 0 ga ulash vositasiga biriktirish himoyalovchi tagliklari rizina kalish qo‘lqop va boshqa himoyalovchi vositalarni qo‘llash kamaytirilgan kuchlanishdan foydalanish va hokazalar kiradi. Odam tanasi metal sirtiga tegib turadigan qurilmalar hamda juda xavfli holatlarda ishlatiladigan elektr qurilmalar kichik kuchlanishga ya‘ni 12 V yuqori bo‘lmagan kuchlanishga mo‘ljallangan kichik kuchlanish manbai bo‘lib odatda transformatorlar galvan ik elementlar akuumliyatorlar va to‘g‘irlagichlar xizmat qiladi. Elektr qurilmalar normal holda kuchlanish ta‘sirida bo‘lmaydi ammo izoliyatsiyaning shkastlanishida kuchlanish ta‘sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qisimlarini oldindan elektr jihatdan ataylab yerga biriktirish bu ximoyali yerga ulash deyiladi. Himoyali yerga ulash ta‘siridan kuchlanish ta‘siri ostida bo‘lib qolgan elektr qurilmalarning metali qisimlariga odamlar tegib ketgan hollarda ularni elektr toki bilan shikastlanishida saqlaydi. Himoyali yerga ulashning prinsipi elektr qurilmaning ochilib qolgan tok o‘tkazuvchi qismining korpusga ulanib qolishi va boshqa sabablar tufayli vujudga keluvchi tegib ketishi va qadamdagi kuchlanishlarning xavfsiz qiymatlargacha pasayishiga asoslangan. Yerga ulanmagan korpusga odam tekkanda undan yerga o‘tuvchi tok Ie to‘liq o‘tadi yani In = Ie bo‘ladi. Bu xol odam qurilma fazalaridan birining tok o‘tkazuvchi qisimlariga tekkani bilan barobardir. Download 4.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling