Mexanizatsiyalash muhandislari instituti joul-tomson effekti


bosimi katta bo‘lganda molekulalar orasidagi o‘rtacha  masofa r


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1057701
1   2   3
Bog'liq
7HMEXxREqTKy1b9PKuOFrJrPPbNNfYJ9sUmjAA8d

1
bosimi katta bo‘lganda molekulalar orasidagi o‘rtacha 
masofa r
1
kichik bo‘ladi; p
2
bosim kichik bo‘lganda o‘rtacha 
masofa r
2
katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bosim kamayishi bilan ichki 
potensial energiyaning kamaya borishi 20-5a rasmda ko‘rinib 
turibdi:
Ammo ΔE
p
< 0 bo‘lganda (III) tenglikdan ΔE >0 ekanligi kelib 
chiqadi. 
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelamiz: Van der Vaals 
tenglamasidagi a tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lgan, 
lekin b tuzatma sezilarli ahamiyat kasb etadigan gaz kengayganida 
isiydi. 


Ikkinchi hol nuqtaviy deb olinishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli 
molekulalarga taaluqlidir. Bu esa molekulalar orasidagi masofa 
yetarli darajada katta bo‘lganda ular orasidagi itarish kuchlari 
sezilarli bo‘lmaydi demakdir. Faqat (to‘qnashish paytlaridan boshqa 
vaqtlarda) potensial energiya E
p
ning masofa r ga, 20-5b rasmda 
tasvirlanganidek, bog‘lanishga mos bo‘lgan tortishish kuchlarinigina 
nazarga olishga tir keladi. 
Endi potensial energiya manfiy va uning son qiymati r ning o‘sishi 
bilan kamayadi, shuning uchun: 


Bundan, (III) tenglikka asosan ΔT <0 ekanligi kelib chiqadi. Van der 
Vaals tenglamasidagi b tuzatmani nazarga olmaslik mumkin 
bo‘lganida, lekin a tuzatma muhim ahamiyat kasb etganida, gaz 
kengayishda soviydi. 
Agar real gaz uchun molekulalarning xususiy hajmini hisobga 
oluvchi b tuzatma asosiy rol o‘ynasa, bunday real gaz Joul-Tomson 
manfiy effektini beradi; agar real gaz molekulalar orasidagi tortishish 
kuchlarini hisobga oluvchi a tuzatma asosiy rolni o‘ynasa, bunday 
real gaz Joul-Tomson musbat effektini beradi.
Ayni bir gaz uchun, uning harorati va bosimiga qarab, goh b tuzatma, 
goh a tuzatma katta rol o‘ynashi mumkin. Shu sababli, tashqi 
sharoitga qarab, ayni bir real gazning o‘zi goh musbat, goh manfiy 
Joul-Tomson effektini berishi mumkin.


Juda katta bosimlarda har qanday gaz 
uchun ham molekulalarning xususiy 
hajmi, ya'ni, b tuzatma kattaroq 
ahamiyat kasb etadi, demak, juda katta 
bosimlarda barcha gazlar Joul-Tomson 
manfiy effektini beradi

Bosim p va harorat T ning ba'zi 
qiymatlarida har 
ikki a va btuzatmalarning roli birday 
bo‘ladi; bunday holatdagi real gaz Joul-
Tomson nol effektini beradi, ya'ni, gaz 
kengayganda isimaydi ham, sovimaydi 
ham. Joul-Tomson effekti nolga teng 
bo‘lgan holat inversiya 
nuqtasi deyiladi.


Inversiya nuqtalarining to‘plami, grafikda ifodalanganda rasmda 
ko‘rsatilgandek egri chiziqni hosil qiladi. p va Tning berilgan 
qiymatlariga mos kelgan nuqta uchun Joul-Tomson effekti, u nuqta 
inversiya chizig‘ining qaysi tarafida yotishiga qarab, manfiy yoki, 
musbat ishoraga ega bo‘lishi mumkin: agar u pastda bo‘lsa, Joul-
Tomson effekti musbat, agar nuqta egri chiziqdan yuqorida bo‘lsa, 
Joul-Tomson effekti manfiy bo‘ladi. 


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling