«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha ishlanma


Download 32.33 Kb.
bet1/9
Sana07.11.2023
Hajmi32.33 Kb.
#1753670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar-fayllar.org


«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha ishlanma

«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha ishlanma


1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: . Tekis mexanizmlar kinematikasi.Mexanizm holatlari, polyar planlar va grafik usullarida tezliklarni aniqlash.
REJA:
1) Mexanizmlarning tuzilishini tekshirish va ularning klassifikatsiyasi

2) Zvenolar va kinematik juftlarni shartli belgilash


3) Tekislikdagi mexanizmlarning tuzilishini tekshirish
4) Tekis mexanizmlarni hosil qilish. mexanizmlarning Assur-Artobolevskiy klassifikatsiyasi


MEXANIZMLARNING TUZILISHINI TEKSHIRISH VA ULARNING KLASSIFIKATSIYaSI
Inson tomonidan yaratilgan, uning jismoniy va aqliy mehnatini yengillashtirish hamda mehnat unumdorligini oshirish uchun mexanik ish bajaradigan qurilma mashina deb ataladi. Mashina mexanizmlardan tashkil topadi.
Bir yoki bir necha jism harakatini boshqa jismlarning aniq,qonuniyatga amal qiluvchi harakatiga aylantirib beruvchi qo’rilma mexanizm deb ataladi. Mexanizm zvenolardan tashkil topadi.
Yagona detal yoki bir necha detalning o’zaro qo’zg’almas birikmasi zveno deyiladi. Zvenolar o’zaro kinematik juftlar orqali bog’langan bo’ladi.
Kinematik juft deb, ikki zvenoning o’zaro nisbiy xarakatiga imkon beradigan bog’lanishga aytiladi. Bog’lanish elementlari sirt, chizik; yoki nuqta bo’lishi mumkin.
Bog’lanish turiga ko’ra kinematik juftlar qo’yi va oliy kinematik juftlarga bo’linadi. Agar bog’laiish elementa sirt yoki yuza bo’lsa, bunday kinematik juft qo’yi kinematik juft deb ataladi. Oliy kinematik juftlarda zvenolarning o’zaro bog’lanishi nuqta yoki chiziq orqali amalga oshgan bo’ladi. Zvenolarning kinematik juftlar orqali bog’langan gruppasi kinematik zanjir deyiladi. Kinematik zanjirlar oddiy va murakkab, ochik, va yopik, bo’lishi mumkin. Oddiy kinematik zanjirlarda har bir zveno ikkitadan ortiq, kinematik juft hosil qila olmaydi. Murakkab kinematik zanjirda ikkitadan ortiq kinematik juft hosil qila oladigan zveno bo’ladi. Ochik ki­nematik zanjirda shunday zveno borki u fakat bitta kinematik juft hosil qilgan bo’ladi. Yopik, kinematik zanjirda esa ikkitadan kam kinematik juft hosil qilgan zveno bo’lmaydi. Mexanizmni yopiq kinematik zanjirning xususiy kurinishi deb qarash mumkin. CHunki unda zvenolarning biri qo’zg’almas qilib qotirilgan bo’ladi. Kine­matik zanjir tushunchasidan foydalangan holda mexanizmga ta’rif berish ham mumkin:
mexanizm shunday yopik kinematik zanjirki, undagi bir yoki bir necha zvenoga harakat berilganda qolgan zvenolar aniq harakat qiladi.
Harakat qonuni belgilangan zveno, odatda, yetakchi yoki bosh zveno deyiladi. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko’ra, mexanizmdagi yetakchi zvenolarning aniq, holati qolgan zvenolarning aniq, holatini belgilaydi.

Mexanizmning tuzilishini tekshirish uchun uning sxemasini chizish kifoya. Mexanizmni kinematik va kinetostatik tekshirish uchun esa uning kinematik sxemasi bo’lishi shart.


Mexanizm sxemasi deb undagi zvenolar va kinematik juftlarning masshtabga rioya qilinmagan holda, shartli belgilashlar orqali gra­fik tasvirlanishiga aytiladi. Masshtabga rioya qilingan holda kurilgan sxema kinematik sxema deb ataladi.

Download 32.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling