«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha ishlanma


Krivoship – polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezliklarini aniqlash


Download 32.33 Kb.
bet5/9
Sana07.11.2023
Hajmi32.33 Kb.
#1753670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar-fayllar.org

Krivoship – polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezliklarini aniqlash

Tezliklarni aniqlashda grafoanalitik va analitik usullar mavjud. Grafoanalitik usullardan eng ko’p tarqalgani tezlik rejasi va kinematik diagrammmalar usuli. Analitik metodlar va kinematik diagrammalar keyinroq ko’rib chiqiladi. Bu yerda tezliklarni aniqlashni tezliklar rejasi yordamida ko’rib chiqamiz.
Tezliklar rejasi – bu absolyut, nisbiy va relyativ tezlik vektorlardan aniq masshtablarda qurilgan ko’pburchak. Mexanizmda tezliklar rejasi oniy chiziqli va burchakli tezliklar berilgan holatlar uchun aniqlanadi (huddi shunday uzatishlar nisbatan ham topiladi, bu to’g’rida keyinroq gaplashamiz). Bu ko’pburchakda absolyut tezlik vektorlar tezlik rejasining qutbidan tashqariga qarab yo’nalgan bo’ladi, nisbiy tezlik vektorlari esa, absolyut tezlik vektorlarining oxirlarini birlashtiruvchi vektorlardir.
Krivoship-polzunli mexanizmning tezliklar rejasini misolda ko’rib chiqamiz. Masalaning berilgan qiymati mexanizmning geometrik parametrlari hisoblanib, u ml masshtabda kinematik sxemasi qurilgan (4.4-rasm) va uning kirish kinematik paramet-ri – w 1 qo’zg’almas o’zgarmas burchak tezlikka egadir.
Krivoship V nuqtasining chiziqli tezligi ma’lum formuladan topish mumkin.
(4.2)
Bu tezlik vektori istalgan tezlik masshtablarda qurilgan tezlik rejasidir. Tezlik masshtabi
(4.3)

bu yerda: v - xaqiqiy chiziqli tezlik m/s da;
- bu tezlik vektorining chizmadagi ifodasi mm da .
qurilishni va hisoblashni yengillashtirish maqsadida tezlik masshtabini istalganicha olmasdan, uni krivoship V nuqtasining tezlik vektorini chizmadagi ifodasini mexanizm sxemasidagi krivoship uzunligiga teng qilib olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi, ya’ni v = AB. Unda (4.2) ni hisobga olganda tezlik masshtabi:




(4.1) ni xisobga olib, quyidagini hosil qilamiz:


(4.4)

Bu holatda aylanuvchi zveno nuqtasining chizmadagi ifodasi zvenodagi bu nuqtaning radius-vektorining joylashuv ifodasiga teng bo’lsa, bunday tezlik masshtabini bosh zveno masshtabi krivoship masshtabi deyiladi. Tezliklar rejasini ko’rsatilgan masshtabda quramiz (4.4-rasm). qutb p dan krivoshipdagi V nuqtaning tezlik vektorini, uning burchak tezligi yo’nalishiga mos ravishda o’tqazamiz. Bu vektor yuqorida aytilganidek mexanizm sxemasidagi krivoship uzunligiga teng va perpen-dikulyar bo’ladi, ya’ni pb = ^ AB. SHatunga o’tamiz. V nuqta krivoshipga tegishli bo’lmasdan shatunga ham tegishlidir, shuning uchun shatundagi V nuqtaning tezligi, krivoshipdagi V nuqtaning tezligi hamdir. V nuqtaning kinematik parametrlari bir xil. SHatun tekislikda murakkab harakalanadi, ya’ni, uning harakati V nuqtaning ko’chirma, ilgarilanma va V nuqta atrofida aylanma harakatidan iborat. SHatundagi S nuqtaning tezligini aniqlash uchun quyidagi vektor tenglamani yechish kerak:


(4.5)

Download 32.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling