Bolalar : Kuz faslida .
Boshlovchi : Juda toʻgʻri topdingiz. Xalqimiz bu faslda sabzavot va meva-
Lardan moʻl hosil yigʻib- terib oadilar. Shuning uchun, Mehrjon bayrami kuz faslida nishonlanadi .
Boshlovchi : Mana , bolajonlar! Bizning oʻlkamizda saxovatli Kuz fasli
oʻzgacha boʻladi . Oʻlkamizda doimo toʻkin- sochinlik boʻlaversin.
Bola : Doʻstlar mening yurtimni ,Oʻzbekiston deydilar.
Dongʻi ketgan dunyoga, bogʻu- boʻston deydilar .
Bola : Bogʻlarida mevalar ,sharbat boʻlib pishadi.
Uzum, olma, behilar, yoʻlingizga tushadi .
Bola : Bahorlari, kuzlari, bir- biridan ortiqdir . Mevali noz-
neʼmati xalqimizga tortiqdir .
Bolalar “ Oʻzbekiston “ haqida qoʻshiq va raqslar ijro etib beradilar .
Boshlovchi : Mana xurmatli mehmonlar, aziz bolajonlar! Shunday qilib
“ Kuz- Mehrjon “ bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Bobo Dehqonlarimizga
sihat- salomatlik tilab qolamiz. Ular yetishtirgan hosillari doim dastur-
xonimiz koʻrki boʻlsin. Kuz fasli bilan yanagi yilga, yanagi shu fursatda uch-
shish, hammamizga nasib aylasin deya kechamizni yakunlaymiz !
Ommaviy raqs .
“ KUZ”
MEHRJON
BAYRAMI
Do'stlaringiz bilan baham: |