Me’yor tushunchasi


Download 95 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi95 Kb.
#1008932
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
академик ёзув

1. So’zlashuv uslubi- ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanadi.
2. Rasmiy-idoraviy (ish qog’ozlari uslubi)- shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: ariza, tilxat, adres, xat, telegramma, farmoyish, tarjimai hol rasmiy uslub ko’rinishlaridir.
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlari uslubining asosiy belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo’ladi. So’zlar ko’chma ma’noda ishlatilmaydi.
3. Ilmiy uslub-fan-texnika tilidir. Ilmiy uslubning asosini atama, ta’rif, qoida, qonun va shartli belgilar tashkil etadi. Bu uslub termin ( atama) lar bilan ish ko’radi.
4. Ommaviy (ommabop, publisistik) uslub - matbuot, radio, teleko’rsatuvga xos bo’lgan tildir.
5. Badiiy uslub- badiiy tasvir vositalari, ibora va asosan ko’chma ma’nodagi so’zlar asosida ish yurituvchi uslub.
Uslubiyat muomala madaniyati, nutq odobi – nutq madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Nutq madaniyati insoniyat umummadaniyatining bir qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Nutq jarayonida yuksak axloqiy me’yorlarga rioya qilish, ta’sirchan, chiroyli va o‘rinli so‘zlash, tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, bahs-munozara madaniyati, tildan nutqda e’tibor va ehtiyotkorlik bilan foydalanish shoirona so‘zlar bilan aytganda “har bir so‘zni yor tanlagandek” saylab ishlatish nutq madaniyatining asosini tashkil etadi. Uslubiyat bilan nutq madaniyati aynan bir narsa emas, ular bir-birini taqozo etuvchi, bir-birini to‘ldirib, yuksaltirib boradigan alohida – alohida hodisalardir.
Og‘zaki va yozma uslubning xususiyatlari. Davrning o’tishi, jamiyatning taraqqiyoti natijasida har bir toifaning o’ziga xos so’zlari, iboralari shakllanadi. Shu tariqa uning nutqi ham tabaqalanadi. Natijada ularning o’ziga xos til xususiyatlari–uslubi shakllanadi.
Tilshunoslik fanida uslub va uning turlari haqida bir qancha fikrlar mavjud. Eng avvalo uslubning ikkita katta guruhi-og’zaki va yozma uslub mavjud bo’lib, funktsional uslubning muayyan turi shu ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi.
1. Og’zaki nutq uslubi. Bu uslubda qisqa hajmli bog’lovchi qo’shma gaplar ko’p ishlatiladi. Badiiy vositalar esa kam qo’llaniladi. Ayniqsa ko’p ma'noli so’zlar ko’proq ishtirok etadi. Natijada o’ziga xos og’zaki badiiy nutq turi - qochirim, piching, hazil-mutoyiba va askiya shakllanadi.
2. Yozma uslub. Uning quyidagi turlari mavjud:
1. Badiiy uslub.
2. Ommabop uslub.
3. Rasmiy-ish yuritish uslubi.
4. Ilmiy uslub.
5. Notiqlik uslubi.
6. Aralash uslub.
Shuni ham ta'kidlash zururki, har bir uslubning o’z ichki turlari ham mvjud. Masalan, badiiy uslub lirik, lirik-romantik, shartli–semantik, konkrеt-analitik, satirik kabi turlarga, ilmiy uslub, ilmiy-ommabop uslub esa o’z navbatida gazеta, radio va tеlеko’rsatuv tili uslubiga bo’linishi mumkin. Shuningdеk, badiiy adabiyotda har bir yozuvchi o’z individual uslubga ham ega.
Uslublar tilining asosiy funktsiyalariga, ya`ni fikr bildirish ekspressivlik kabilarga mos ravishda bir qancha turlarga bo’linadi. Shunga ko’ra ular funktsional uslublar deyiladi.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling