Me’yor tushunchasi


Download 95 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi95 Kb.
#1008932
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
академик ёзув


1-mavzu: Akademik yozuv fani maqsadi va vazifalari. Me’yor tushunchasi
Nutq uslublari
Rejasi:
1.Akademik yozuv fani maqsadi va vazifalari
2. Me’yor tushunchasi
3. O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari
4.Uslub turlari haqida ma’lumot


1.Akademik yozuv fani maqsadi va vazifalari

Kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalash uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak.Chunki oddiy ishchimi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo’lmaganda, ariza, tilxt yoki ishonchnoma yozishiga to’g’ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog’ozlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida» gi qonunning o’zak moddalari (8-14 moddalar) da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.


Rasmiy munosabat - ish yuritish har bir davrda o‘ziga xos ro‘y beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjatlar kishilik jamiyatini tartibga solib turuvchi vositadir. Mukammal va oqilona tashkil qilingan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonda ish yuritish xalqimizning birligi va borligi sifatida ijtimoiy hayotdagi o‘rni alohida. Yosh mutaxassislarga bu sohada bilim berish davr taqozosidir.
Hujjatlar inson faoliyatida muhim o‘rin tutadi. U yoki bu hodisani, holatni tasdiqlash va qayd qilish, ro‘yxatdan o'tkazish maqsadida tuziladi. Hujjatlarning asosiy vazifasi axborot berish, to'plash, saqlashdan iborat. Boshqaruv faoliyatida hujjatlar boshqaruv vazifasini o'tashda asosiy omil hisoblanadi. Hujjat axborot manbai sifatida ham xizmat qiladi.
Hujjatlarni yaratish jarayoni hujjatchilik deb yuritiladi. Hujjatchilik fani korxona va tashkilotlarda olib boriladigan hujjatlarning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishtiradi. Hujjatchilikning muhim vazifasi ma’muriy faoliyatni hujjatlash, barcha hujjatlarni ishlab chiqish, ularni saqlash. Hujjatlarni rasmiylashtirish, ular ustida ishlash, foydalanish, yig‘ma jildlarni shakllantirish, hujjatlarni guruhlash haqida ma’lumot berish ham hujjatchilik vazifalari qatoriga kiradi.
Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad:
- Hujjatning o‘zi nima, hujjatlar tarixini o‘rganish.
- Hujjatlarning o'rni va ahamiyatini talabalarga yetkazish.
- Hujjat matnining tuzilishi, hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlari; hujjatlarni rasmiylashtirish.
- Hujjatlariga qo'yiladigan talablarni o'rganish.
- Hujjatlar tili va uslubi haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish.
- Hujjat turlari va ularning xususiyatlari va har bir tur ustida kengroq ma’lumot berish.
- Sohalarga oid hujjatlar mavjudligi, ularning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishish.
- Kundalik hayotda keng qo'llaniladigan hujjat namunalari ustida ish olib borish va amaliy jihatdan ko‘nikmalarini hosil qilish.
- Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan:
- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;
- o’zbek tilining gap qurilishi;
- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak.
- hujjatchilik tarixi va qonuniyatlari bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi lozim;
- hujjat matnining tuzilishini;
- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;
- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;
- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuza olishni;
- rasmiy qog’ozlarni yozilish shaklini o’zlashtirishi kerak.
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llashi, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olishi, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;
-o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalari-
dan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini
asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling