Psixologiya fani, maqsadi va vazifalari
Download 54 Kb.
|
1403954805 49315
Psixologiya fani, maqsadi va vazifalari. fanning xozirgi xolati, tuzilishi va o’rganish usullari Reja: Psixologiya fani va yangi davr psixologiyasi va uning vazifalari. Psixologiya fanlar tizimida tutgan urni. Psixologiya tarmoqlari. Psixologiya fanini o’rganish usullari. «Psixologiya» so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib «psyuxe»-rux degan ma’noni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda psixologiya-bu psixikani o’rganuvchi fan: Psixika-bu real vokelikning miyada aks e’tishidir. Xar bir jamiyat uning iqtisodiy-ijtimoiy saloxiyatidan, ishlab chiqarish, ilm-fan taraqqiyoti, kishilarning bilim darajasi, xayotdagi faoliyatidan kelib chiqkan xolda o’ziga xos bo’lgan ma’lum bir psixologiyasi, psixologik dunyoqarashlari, fikirlashlari, munosabatlari va shu kabi xususiyatlariga e’ga bo’ladi. Agar aniqrogini aytmokchi bo’lsak utgan asrda xar xil fanlarning rivojlanishi va bevosita kundalik xayot bilan, uning talablarida yuzaga kelgan muammolari ko’payib borish bilan xarakterlansa, buguncha kelib, bizning o’zbekitsoni oladigan bo’lsak xam butunlay boshqacha psixologiya paydo bo’lganligi bilan farklanadi. Negaki insonlarning jamiyatga, taraqqiyotiga, ishlab chiqarish, mulkchilik va bazor munosabatimiz tubdan o’zgardi va yangi davr psixologiyasi paydo bo’ldi.(iktidorli talabalarni O’qituvchilarni ajratib o’qitish). SHuni takidlash lozimki, inson psixologiyasini bilish, o’z tarkkiyotini va ikdidorini tashkil e’tishni bilish, xar qanday yosh davrda xam optimal ravishda ishga yaroklilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jixatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikirlash va tafakkur qilish, ruy berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi. Psixologiya faning asosiy predmeti-bu psixikadir. Psixika bu inson ruxiyatining shunday bir xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruxiy olamni xam) ongli tarzda aks e’ttirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologik jarayonlar shu kadar murakkab va xilma-xilki, ba’zida inson o’z-o’zini xam tushuimay koladi. Psixologik jarayonlarning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsa va xodisalarning mrxiyatini bevosita xis qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik xayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ruy berayotgan narsalarning moxiyatini bilvosita bilamiz. Ms: siz urtoklaringizdan birini yoki karindoshlardan birini yoktirasiz, u sizda doimo yaxshi, ijobiy tassurot qoldiradi, lekin uning u yoki bu xatti-xarakatlarini bevosita kurib, baxolab, taxlil qilolmasakda, unga nisbatan xis qilayotgan mexringizni, uni o’zok kurmay kolganingizda uni soginganimiz bilan bog’liq xisni bevosita kurib, idrok qilish imkoniyatiga e’ga e’masmiz. Aynan shunga uxshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga xos tabiat va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan fark qilamiz. SHunday qilib yana bir bor takidlash mumkinki, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar xaqikatdan xam murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganish xam qiyin, xam oson. Osonligi shundaki, bu xodisalar bevosita bizning o’zimizda kechadi va berilgan ularni o’zokdan kidirish, mavxum analogiyalar qilish shart e’mas, boshqa tamondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va printsiplarga buysunadi. Jadval – 1.
Demak yukorida keltirilgandan xulosa qilib aytish mumkinki, psixologiyaning premeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulk-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tamonlaridir, deb ta’riflash mumkin. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling