Me’yor tushunchasi
Referat ustida ishlash bo’yicha yoriqnoma
Download 0.62 Mb.
|
akademik yozuv uchun
3.Referat ustida ishlash bo’yicha yoriqnoma
1.Mavzuning tanlanishi Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo’ladi. Sizning o’zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o’z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro’yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz mumkin. Bunday vaziyatda taklif qiloyatgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo’ladi. 2. Tayyorgarlik ishlari: Asosiy manbalarni o’rganish. Siz referat mavzuini tanlagach, Tanlagan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing: Leksiya materiallarini ko’zdan krchirish; Fan bo’yicha o’quv dasturiga ko’ra tegishli mvzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlar yana bir bor tahlil qiling. Bu sizning mavzuning mohiyati, uning o’rganiladigan kursdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida aniq tassavur olishingizga imkon beradi. 3. Zarur materialning konspekt qilinishi Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshirilsin. 4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish Referat rejasi quyidagicha o’z ichiga olishi kerak: Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, Ilovalar (referatning shart bo’lmagan qismi). Referatning rejasi tanlanan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referatning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining go’yat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur. 5. To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi. Agar referat monografik bo’lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo’lsa), unda kirishda quyidagilar ko’rsatiladi: Muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisoslagi, boshqa ishlari); Manba mavzuining qisqacha bayoni; Ishning maqsadi; Ishning ruknlari; Muallifning ustuvor yo’nalishi va boshalar. Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismning matn to’plagan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur. Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bo’yicha bajarilishi lozim: Vazifa Ishlab chiqilishi Xulosa Bayon qilish shakli referatning tanlashi bo’yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo’ladi. Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog’lanadigan statistic materialga ega tahlil zarur. Keng hajmdagi statistic ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin. Referatda keltirilgan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko’rsatilgan holda qayd qilinishi lozim. Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko’rsatilishi kerak. Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko’chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so’zma-so’z ko’chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur. Munozarali masalalar bo’yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo’shiladigan yoki o’zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o’rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishini talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling