Me’yor tushunchasi
Download 0.62 Mb.
|
akademik yozuv uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- A d a b i y o t l a r
- 2-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi
- 1.Rasmiy-idoraviy uslub Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari
«Klaster» metodi
4.Sinkveyn metodı 1. Uslub 2. Ekspressiv, emotsional 3. Shakllanadi, vazifalarni bajaradi, rivojlanadi. 4. Tilning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi lingvistik usul. 5. Usul 5.Venn diagrammasi metodi Nazorat savollari Akademik yozuv fanini nima uchun o’rganamiz? Adabiy til me’yori deganda nimani tushunasiz? 3.Uslubiyat deganda nimani tushunasiz? 4.Ilmiy uslub asosan qaysi sohalarda qo’llaniladi? 5.Ilmiy uslub yoziladigan asarlarga misollar keltiring va isbotlab bering. 6. Rasmiy idoraviy uslubning boshqa uslublardan farqi nimada? 7. Rasmiy uslubga oid matnlarda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z shakllari qo’llaniladi va buni misollar bilan keltiring. A d a b i y o t l a r: 1. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б. 2. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y. 3. Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г. 4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. 5. M.Abdurahmanova. O’zbek tili fanidan uslubiy qo’llanma. Ish yuritish tili va uslubi. T., 2018. 6. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015 2-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi Rejasi: 1. Rasmiy-idoraviy uslub 2.Ish yuritish tili va uslubi 3.Hujjatchilik va uning tarixi 4. Hujjatlar va ularning takomillashuvi 5.Hujjat turlari va xususiyatlari 1.Rasmiy-idoraviy uslub Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling