Me’yor va patologiya tushunchasi haqida Me’yor tushunchasi
Download 24.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqnutqning 3-amaliy
Patologiya (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada oʻrganiladi. P. patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar (xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab, biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.
19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Oʻzbekistonda patologiya sohadagi i.tlar dastlab 20-asrning 20-yillarida boshlandi. Bunda oʻlka patologiyasiga oid muhim vazifalar ishlab chiqildi. patologiyaga oid masalalar 2-ToshTIda 1998-yildan chop etiladigan "Patologiya" jur.da yoritib boriladi. Lisoniy me’yor va nutqiy me’yor nima? Nutq patologiyasi nima? Lisoniy me’yor – umumiy kommunikatsiya jarayonida tanlab olingan va mustahkamlangan til sistemasining turg‘un an’anaviy realizatsiyalari majmuyi. Nutqiy me’yor – madaniy jamiyat tomonidan ongli ravishda qayd qilingan barqaror va birlashtirilgan lisoniy vositalar va ularni qo‘llash qoidalarining majmuyi (masalan, talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, grammatika va stilistika qoidalari). Nutq patologiyasi (yunon. pathos – azob chekish, kasallik) – nutq me’yoridan chetga chiqish. Nutq patologiyasi jarayonini o‘rganish juda qiyindir. Chunki nutqida kamchiliklari mavjud insonlar muloqotga kam kirishadilar va o‘rganish obyekti sifatida o‘zlarining ustida eksperiment olib borishni uncha xohlamaydilar. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, miya faoliyatining buzilishi, nutqiy faoliyatning buzilishiga olib keladi. Hatto alkogol, qattiq toliqish, qo‘rqinch tufayli vaqtincha miya buzilishi inson nutqiga ta’sir qiladi. A.A. Leontev nutq patologiyasining beshta muhim turini ajratib ko‘rsatadi: 1. Shaxs patologiyasi, ong va oliy psixik funksiyalar bilan bog‘liq nutqiy buzilish. Bunga progressiv falaj holatidagi nutqiy faoliyatning buzilishi (artikulyasiyaning qiyinlashuvi, talaffuzning noaniqligi)ni misol qilib keltirish mumkin. 2. Miyaning muayyan darajada shikastlanishiga asoslangan, biroq ruhiy kasalliklar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan nutqiy buzilish. Bunga misol qilib afaziyaning turli ko‘rinishlarini keltirish mumkin. 3. Sensor sistemalarning buzilishi bilan bog‘liq tug‘ma yoki keyin orttirilgan nutqiy buzilish. Bu asosan karlar va kar-soqovlar nutqi va uni qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. 4. Aqli zaif yoki psixik rivojlanishning vaqtincha kechikishi bilan bog‘liq nutqiy buzilish. 5. Ijro xarakteriga ega va nutqni motorli dasturlash yoki motorli dasturni amalga oshirish nuqsonlari bilan bog‘liq nutqiy buzilish. Nutq patologiyasining mazkur barcha turlari yaqingacha psixolingvistikaning bo‘limlaridan biri bo‘lgan patopsixolingvistika tomonidan o‘rganib kelingan. Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqanidan keyin nutqiy buzilishning ikkinchi turi neyrolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilina boshlandi. Quyida neyrolingvistika o‘rganadigan nutqiy buzilishlarni ko‘rib chiqamiz. Afaziya (yunon. aphasna, a – inkor, phasis – nutq) miya muayyan qismlarining, odatda, chap yarim sharning shikast topishi tufayli vujudga kelgan nutqiy buzilish. Afaziyani o‘rganish miyada nutqiy markazlarni joylashishini aniqlash imkonini berdi. Nutqiy patologiya yo‘nalishining eng yaxshi ishlangan bo‘limi afaziologiya hisoblanadi. Bugungi kunda nutqiy mexanizmlarning detalli modeli ishlab chiqilgan. O‘ng qo‘lda ish qiladiganlar, yozadiganlarda (95 %) nutqiy zonalar chap yarim sharda joylashgan. Shunday ekan afaziologiya chap yarim sharning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Afaziya miyaga qon quyilishi (insult), miya o‘simtasi, biror bir mexanik shikast tufayli vujudga keladi. Agar miyadagi nutqiy zonalarning hammasi shikastlansa, total afaziya yuzaga keladi. Bunday holatda nutq umuman yo‘qoladi va uni tushunish amalga oshmaydi. Agar miyaning nutqiy zonalaridan biri ishlab ketsa, qisman afaziya vujudga keladi. Motor afaziya inson miyasidagi Broka zonasi shikastlanganda maydonga keladi. Afaziyaning bu turida inson nutqni tushuna oladi, lekin gapira olmaydi. Broka markazini 1861-yilda fransuz olimi P.Broka kashf qilgan. U miyaning chap peshona pastki orqa burmasida joylashgan. Ikkinchi nutqiy zona nemis olimi K.Vernike tomonidan 1874-yili kashf qilingan. U miyaning yuqori chakka burmasida joylashgan. Bunda odamlar nutqga ega bo‘ladilar, lekin o‘zgalar nutqini tushunmaydilar. Afaziyaning bu turi sensor afaziya, deb nomlanadi. Miyada joylashgan harakat markazi (Broka zonasi) va eshitish markazi (Vernike zonasi) bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Harakat afaziyasida bemor so‘zlarni talaffuz qila olmaydi, garchi u unga aytilgan nutqni tushunadi, bunda miyaning chap peshona pastki orqa burmalarida joylashgan Broka markazi shikast yegan bo‘ladi. Agar bosh miyaning yuqori chakka miyasida joylashgan Vernika markazi shikastlansa, akustik afaziya sodir bo‘ladi. Bunday holda bemor gapira oladi, lekin nutqni tushunmaydi, unda “fonematik eshitish qobiliyati” buziladi. U so‘zlarni tushunib bo‘lmaydigan shovqindek qabul qiladi, ma’nosiga tushunmaydi. U hamma tovushlarni eshitadi, lekin ularni umumlashtirish va ajratish qobiliyatini yo‘qotadi. Bularning hammasi ikkilamchi buzilishlarga – so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga, yozish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Bosh miya quyi qismi faoliyatining shikasti nutqni qisman tushunishga olib keladi. Bunday holda semantik afaziya yuz beradi. Bemor mantiqiy grammatik munosabatlarni tushunmaydi, masalan: “otamning akasi”, “akamning otasi” yoki “yoz bahordan keyin”, “bahor yozdan keyin” kabi so‘z birikmalarini farqlay olmaydi. Miyaning chakka qismlarining shikasti markaz faoliyatining buzilishiga, ya’ni nutqiy elementlarning ketma-ket bog‘liqligini uzluksiz aloqaga olib kelishini ta’minlay olmay qoldi. Bunda bemor nutqni tushunadi va o‘zi gapira oladi, lekin to‘liq bir gapni tuza olmaydi, hammaga ma’lum grammatik qoidalar – ega va kesimni bog‘lanishiga rioya qilolmaydi. U uzib-kesib “telegraf usulida” gapiradi. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, bosh miya funksiyasi buzilishini o‘rganish, tilning grammatik, fonetik, semantik jihatidan nutq jarayonini tahlili uchun material bo‘la oladi. Nutq markazlarini o‘rganish ichki nutq jarayonini o‘rganishga yo‘l ochib beradi. Bu jarayonda inson ichida o‘ylaydi, o‘z fikrini ovoz chiqarib namoyon qilmaydi. Odatda, ichki nutq eshittirib aytilgan so‘zlarni oldini oladi. Ichki nutqda Broka harakati markazi to‘xtab qoladi, lekin o‘chmaydi. Download 24.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling