Fan bo‘yicha mustaqil ishni tashkil qilish shakllari qaysi tartibda belgilanadi? *Kafedra tomonidan.
Fan dasturi nima? *Ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirishining eng maqbul usullari, axborot manbaalari ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat.
Fan dasturlari nechaga bo‘linadi? *2 ga: namunaviy fan dasturi va ishchi fan dasturi
Fan nima? Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.
Fan nomzodi, dotsentning kafedra mudiri bo‘lish vaqti: *Bir besh yillik muddati
Fan; muxandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari; qishloq xo‘jaliklari yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli? *Bilim sohasiga;
Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari qanaqa hujjat? DTS majmuasining asosiy elementlaridan biridir, O‘quv jarayonining mazmunini va sifatini belgilovchi meyoriy hujjatdir.
Fanning bir va bir necha bo‘limlari bo‘yicha yutuqlarni aniqlash va baholash? *Oraliq nazorat;
SHarh nima? Jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr materiali.
Elektron o‘quv adabiyotlari qanday manba hisoblanadi? *Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlari mavjud manba;
YUksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallagan, oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini qaysi davlat organi bajaradi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;
YUqori malakali mutaxassislar tayyorlanadigan uzluksiz ta’lim turi? *Oliy ta’lim;
YUqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari? *Universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktablar;
YAkuniy baholashda yozma ish savollarining tasdiqlanish tartibi: *YAkuniy baholashni yozma ish shaklida o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha savollar kafedra tomonidan ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |