Mezadermadan hosil bo'ladigan organlar ularning rivojlanishidagi o‘zgarishlar
Download 89.5 Kb.
|
MEZADERMADAN HOSIL BO\'LADIGAN ORGANLAR ULARNING RIVOJLANISHIDAGI O‘ZGARISHLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy organlar sistemasining
- Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaniag ozaro aloqalari
- Embrion hujayralarinlng ozaro aloqalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yurakning rivojlanishi. Qon, yurak va limfa sistemasi mezodermadan kelib chiqqan. Yurakning rivojlanishi amfibiyalarda yaxshiroq o'rganilgan.
Ayiruv organlari rivojlanishi. Bulutlar va kovakichlilarda ayiruv organlari yo'q. Ularning hujayralari keraksiz mahsulotlardan hujayraning qisqarishi tufayli ozod bo'ladi. Jinsiy organlar sistemasining rivojlanishi. Umurtqalilarda erkaklik va urg'ochilik jinsiy organlari mezoderma hujayralaridan hosil bo'ladi. Dastlab birlamchi buyrakning ustida, ichaklarning yaqinida jinsiy valik hosil bo'ladi. Valiklar hujayralar to'plami ko'rinishida bo'lib, bir necha qavatdan iborat. Gonadalar rivojlanib, mezoderma hujayralari yupqalashadi. Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaniag o'zaro aloqalari Yangi organizmlar qanday vujudga keladi? Asrlar osha olimlar irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishining sabablarini bilishga qiziqib kelganlar. Bu kabi savollar embrion varaqlari aniqlangandan keyin olimlarni yanada ko'proq qiziqtira boshladi. Ba'zi olimlarning fikricha, irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishida qon oqimi ishtirok etadi va asosiy vazifani qon plazmasi bajaradi. Ikkiachi guruh olimlar o'simlik va hayvon hujayralarining sitoplazmasini to'rsimon, tolasimion va ko'piksimon tuzilgan deb tasawur qiladilar. Ular protoplazma granulalar va donachalardan tuzilganligini ko'rganlar. XIX asrda protoplazmaning bu elementlarini mikrosomalar deb ataganlar. Spenser irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishining paydo bo'lishini molekulalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog'lagan. Embrion hujayralarinlng o'zaro aloqalari Tabiatda bir hujayrali organizmlar mustaqil hayot kechiradilar. Ammo hujayralar organizm safiga kirganda ulaming tiklanishi va hayoti hujaymlarning o'zaro ta'siriga bog'liq bo'ladi. Hujayralarning o'zaro ta'siri organizmni har qandaynoqulaysharoitlardan, shikastlanishdan, kasalliklardan saqlanishiga yordam beradi. Organizm qariganda ayrim organlarning boshqarilishi buziladi va bu hodisa o'limga olib keladi. Embrional rivojlanishning boshlang'ich davrlarida organizm hujayralarining o'zaro aloqalari ayrim organlarning tiklanishiga olib keladi. Bu holat ba'zi tajribalarda ham isbotlangan. Jumladan, amfibiyalar embrioni rivojlamshining boshlang'ich davrlarida ajratib olingan hujayralar fiziologik eritmalarga solinganda ulaming ustida yolg'on oyoqlar hosil bo'lib, boshqa hujayralarga yopishishga intiladi. Fibroblastlar cho'ziq, urchuqsimon blastomerlar bo'lib, ular biriktiruvchi to'qimada va mezenximada uchraydi. Bu blastomerlarni ajratib olganda ularning ustida yupqa sitoplazma qavati hosil bo'ladi va bu qavat undullangan membrana deyiladi. Bu membrana boshqa fibroblastlar bilan aloqada bo'lganda ular yopishib harakatchanligirii yo'qotadi. Nerv gangliyalarini hosil qiladigan nerv hujayralari esa bir-biridan uzoqlashadi. Agar bunday hujayralarni ajratib olib, fiziologik eritmaga yoki dengiz suviga solinganda ular harakatlanmaydi. Lekin ularning yoniga boshqa nerv hujayralari joylashtirilsa, ikkala hujayra ham qarama-qarshi tomonga siljiy boshlaydi. Hujayralarning o'zaro munosabati quyidagi yo'llar bilan amalga oshadi: To'qnashib tormozlanish, ya'ni birikish uchun zarur bo'lgan fibril harakati yuzag'a keladi. Hujayralar elektr impulslar chiqarib, bir-biri bilan aloqa o'rnatadi. Bir hujayradan ikkinchi hujayraga molekula yoki ionlarni o'tkazish yo 'li bilan aloqa qiladi. Qon orqali ma'lum organdagi hujayralarning o'zaro munosabati paydo bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Tokin B.P. Obshaya embriologiY. M., «Visshaya shkola», 1987. 2.Gazaryan K.G., Belousov L.V. Biologiya individualnogo razvitiya jivotnix. M., «Visshaya shkola», 1988. 3.Salixbayev I.K. Individual taraqqiyot biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1988. 4.Salixbayev I.K. Rivojlanish biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1992. 5.Novikov N.I., Svyatenko YE.S. Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po gistologii i embriologii. M., 1984. 6.Yarigin V.N. i dr. Biologiya v 2-x knigax. M., «Visshaya shkola», 1999. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling