Mezadermadan hosil bo'ladigan organlar ularning rivojlanishidagi o‘zgarishlar


Download 89.5 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1303987
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MEZADERMADAN HOSIL BO\'LADIGAN ORGANLAR ULARNING RIVOJLANISHIDAGI O‘ZGARISHLAR


MEZADERMADAN HOSIL BO'LADIGAN ORGANLAR ULARNING RIVOJLANISHIDAGI O‘ZGARISHLAR

Reja:



1.Ektodermadan hosil bo'ladigan organlar.
2.Entodermadan hosil bo 'ladigan organlar.
3.Mezodermadan hosil bo'liadigan organlar.
4.Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaning o'zaro aloqalari.
5.Embrion hujayralarining o'zaro aloqalari.
Embrion qavatlaridan organlarning paydo bo'lishi organogenez deyiladi. Organogenez shaklning o'zgarishi, to'qimaning biokimyoviy va fiziologik jarayonlarining paydo bo'lishi kabi hodisalarni o'z ichiga oladi. Ayni paytda fanda hamma hayvonlar organlarining paydo bo'lishi haqida to'liq ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun asosan umurtqali hayvonlar oiganogeneziga ko'proq e"tibor beriladi. Chunki umurtqasiz hayvonlaiga qaraganda umurtqali hayvonlar organogenezi ko'proq o'rganilgan. Tibbiyot va veterinariya fanlari uchun ham bunday ma'lumotlar juda muhimdir. Embrion varaqlaridan organlar hosil bo'lishi zigota, blastula, gastrulyasiya, embrion varaqlari, to'qimalar va organlar bosqichlaridan iborat.
Embrionning ma'lum qavatidan malum organlar paydo bo'ladi. Ammo ba'zi organlar (tuxumdon, ichaklar, quloq, burun va boshqalar) hosil bo'lishida embrionning hamma qavatlari ishtirok etadi. Shuning uchun organlarning embrion qavatlarining qaysi biridan kelib chiqishini belgilash sharthdir.
Ektodermadan hosil bo‘ladlgan organlar
Embrionning ektoderma qavatidan bezlar, tuklar, teri va boshqa epiteliy to'qimasining hosilalari, nerv va sezgi organlari hosil bo'ladi.
Neyrulyasiya. Umurtqali hayvonlar embrion taraqqiyotida gastrulyasiyadan keyin neyrulyasiya, ya'ni o'q organlar - nerv nayi (bu bosqichning norm" shundan olingan), xorda va mezodermal somit paydo bo'lishi bosqichi sodir bo'ladi. Bu bosqichdagi embrion neyrula deb ataladi. Nerv sistemasini hosil qiluvchi hujayralar yirik bo'Ub, ular xorda va somitni ustidan yopib turadi. Nerv plastinkasining chetidan 2 ta nerv yoki medulyar valik boshlanib, ular nerv sistemasini hosil qiladi. Bu valiklar dastlab embrionning oldingi qismida, keyin o'rta va orqa qismida hosil bo'ladi. Ular birikib, nerv yoki medulyar nayni hosil qiladi. Bu naydan orqa miya taraqqiy etadi. Uning oldingi qismi kengayib, bosh miya hosil bo'ladi. Medulyar nay epidermisdan to'liq ajraladi. Epideimisning chetlari nerv nayining ustki qismi bilan birikadi. Shunday qilib, nerv nayi orqa va bosh miyaga aylanadi.
Nerv nayi oldingi qismining turh joylarining notekis o'sishi tufayli har xil kattalikdagi kengaygan joylar paydo bo'ladi (83-rasm). Ayniqsa, 3 ta: oldingi, o'rta va orqa miya pufagi hosil bo'ladi. Oldingi miya pufagi keyinchalik katta miyaga yoki oxirgi miyaga va oraliq miyaga aylanadi. O'rta miya pufagidan o'ladi, orqa miya pufagidan miyacha, miya ko'prigi va uzunchoq miya hosil bo'ladi.
Oraliq miyaning pastki qismidan gipofiz, devoridan esagipotalamus va epifiz bezlari paydo bo'ladi.
Nerv sistemasining murakkabligiga qarab har xil hayvonlarda markaziy nerv sistemasining o'ziga xos anatomik, gistologik xususiyatlari paydo bo'lgan.


Qon aylanish sistemasi

81-rasm. Umurtqali hayvonlar embrion varaqlaridan organlarning hosil bo'lish bosqichlari (M.Zusman, 1977 bo'yicha).



o'rta miya hosil b


Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling