Mezolit davri yodgorliklari
Download 219.24 Kb.
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shilish makoni
- Machay g’or makoni
Qo‘shilish makoni Toshkent vohasidagi mezolit davri yodgorliklarining eng qadimgisi (mil. avv. X-IX ming yilliklar) hisoblanadi. Makon yomg‘ir suvida yuvilib, uning saqlanib qolgan qismdan chaqmoqtoshdan yasalgan 200 dan ortiq turli xildagi tosh qurollari va qo‘y, echki, qora mol suyaklari topilgan. Bu yerda yashagan aholi ovchilik va termachilik bilan kun kechirgan.
Machay g’or makoni Mezolitning so‘nggi bosqichiga oid yodgorlik bo‘lib, u Hisor tizmasining Ketmonchopti tog’ining janubidan Machay daryosining o‘ng sohilidan topilgan. G’or–makon ko‘p qatlamli bo‘lib, u yerdan ko‘p miqdorda tosh qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollar ham topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada bo‘lib, ular bigiz, igna, so‘zan va boshqalardir. Tosh qurollardan har xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar, arrasimon qurollar, keskich, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari, trapetsiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Machay g’oridan topilgan qurollarning ishlanish texnikasi, katta kichikligi Machay g’orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar – odam bosh suyaklari, tishi, jag’i va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlari topilgan. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol kishiga, biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub ekanligi aniqlandi. Antropologik materiallarni chuqur o‘rganish asosida, ular yevropoid irqiga mansub deb topildi. Bu materiallar O‘zbekistonning eng qadimgi aholisini, uning tashqi qiyofalarini aniqlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Download 219.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling