Microsoft office
Download 0,53 Mb. Pdf ko'rish
|
Excel
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Excel ish maydoni bilan tanishish.
- Excelda formulalar
- Главная
TVXTXQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi MICROSOFT OFFICE EXCEL DASTURIDA ISHLASH 1. Excel dasturini ishga tushurish: ПУСК → ВСЕ ПРОГРАММЫ → EXCEL 2010 2. Excel ish maydoni bilan tanishish. Excel ish maydoni lotin alifbosi bilan belgilangan ustunlar va raqamlar bilan belgilangan satrlardan iborat. Ustun va satr kesishmasi yacheyka deb nomlanadi. 3. Kataklarni belgilash va chegaralarini bo’yash uchun sichqoncha ko’rsatgichini kerakli katak o’rtasiga qo’ygan holda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va Главная menyusidan uskunasida kerakli shakldagi chegara chiziqlari tanlanadi: 4. Excelda Avtomatik raqam to’ldirish . Buning uchun jadval boshidagi yacheykaga 1 raqamini, keyingi yacheykaga 2 raqamini kiritamiz. Sichqoncha chap tugmasi yordamida shu yacheykalarni belgilab, quyi o‘ng burchagidagi nuqta ustida sichqoncha chap tugmasini bosib kerakli tomonga siljitamiz. TVXTXQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi 5. Excelda formulalar bilan ishlash “ = ” ishorasi orqali amalga oshiriladi, misol uchun: Qo’shuv amali ( + ) : = 1-son yacheykasi + 2-son yacheykasi Enter; 6. Jadval diagrammasini hosil qilish uchun Yuqorida yaratgan jadvalimizning kerakli katakchalarini belgilagan holda Вставка menyusidan jadvalimizga mos diagrammani tanlaymiz: 7. Jadval kataklaridagi familiyalar yoki sonlarni o’sish va kamayish tartibida joylashtirish uchun kerakli kataklarni belgilab, Главная menyusidan Сортировка и фильтр uskunasini tanlaymiz 8. ВИД menyusidagi uskunalar panelidan Разметка страницы uskunasini tanlagan holda, yaratilgan jadval oq varaqda qanday tasvirlanishini ko’rishimiz, lozim bo’lsa kerakli o’lchamga to’g’irlashimiz mumkin. 9. Файл menyusiga kiring va Сохранить как menyusini tanlang. Ochilgan oynaning Имя файла satriga hujjat nomini kiriting va Сохранить tugmasini bosing. (Yoki Ctrl + S tugmalarini birgalikda bosing.) 10. Saqlangan hujjat odatda Dokumentlar (Мои документы) papkasiga joylanadi. Download 0,53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling