kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib
olganliklari va qachon pulni to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan mollar uchun
pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yo‘ldagi
barcha tovar mahsulotning
taqdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi
hujjat asosida xaridorlarga
jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga
xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi.
To‘lov-talabnoma. Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga
mos ravishda ortib
jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib
berish
to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi,
soni, assortimenti qayd qilinadi (bu
holatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga
ilova
qilinishi lozim).
Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bo‘lmasida tara va qadoqlash qiymati
hamda xaridor tomondan to‘lanadigan temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida
xaridor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha
summaga umumiy
mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi
alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida
tuzilayotgan
shartnoma vaqtida
franko joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish
bilan bog‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi
turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: