Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

19.6. Taqsimlanmagan foyda va dividendlar hisobi 
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida ќoladigan 
sof foyda (foydaning bir ќismi)dir. Taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)ni hisobga olishda 
ќuyidagi hisobvaraќlardan foydalaniladi: 
8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida 
korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taќsimlanmagan foydasi (ќoplanmagan zarari) hisobga 
olib boriladi. 
8720-«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida korxonaning butun faoliyati 
davomidagi zarar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar hamda ustav kapitaliga ќayta investitsiyalangan 
foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi. 
Hisobot davridagi sof foyda taќsimlanmagan foydani oshiradi va u ќuyidagicha provodka bilan 
rasmiylashtiriladi: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)». 
Bizga ma’lumki, korxona sof foydasidan aktsiyadorlarga dividend to‘lanadi. Korxonada dividendlar 
hisobi va ta’sischilar oldidagi boshќa majburiyatlarni hisobga olish uchun ќuyidagi hisobvaraќlardan 
foydalanish ko‘zda tutilgan: 
6610-«To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i; 
6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha ќarzlar» hisobvarag‘i. 
Bu hisobvaraќlar passiv hisoblanadi va ular bo‘yicha saldo faќat kredit tomonda bo‘ladi. Ushbu 
hisobvaraќlar krediti bo‘yicha oborotlar hisoblangan dividendlarni yoki chiќib ketayotgan 
muassislarning ulushiga doir majburiyatlarni, debeti bo‘yicha oborotlar esa dividendlar to‘lovi hamda 
muassislar oldidagi ќarzlarning so‘ndirilishini ifodalaydi. 
Dividendlar hisoblanganida ќuyidagicha provodka beriladi: 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)» 
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar». 


Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliќ to‘lov manbaida bo‘ladi: 
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar» 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar». 
Soliќ summasi byudjetga o‘tkazilganida: 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar». 
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti». 
Kassadan dividendlar to‘langanida:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar» 
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari». 
Agarda muassis chiќib ketayotgan bo‘lsa, u holda jamiyatning muassislar oldidagi ќarzlari 
ќuyidagicha aks ettiriladi: 
D-t 8310, 8320, 8330-Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraќlari 
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha ќarzlar». 
To‘lov paytida: 
D-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha ќarzlar» 
K-t 5110, 5010-Pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraќlari. 
Hisobot yilidagi taќsimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng 8720-
«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)» hisobvarag‘iga hisoblab o‘tkaziladi. 
Foyda olingan holatda: 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)» 
K-t 8720-«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)». 
Zarar ko‘rilganda: 
D-t 8720-«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)» 
K-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)». 
Aktsiyadorlar o‘rtasida taќsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha soliќlar 
to‘langandan keyin korxonada ќoladigan foydaning bir ќismi dividend hisoblanadi. 
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroќ AJlari har chorakda va yarim 
yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taќiќlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aktsiyalar bo‘yicha 
dividendlar to‘lash to‘g‘risida ќaror ќabul ќilishga haќli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi AJ 
ustavida yoki aktsiyadorlar yiYoilishi ќarori bilan belgilanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon ќilinganidan so‘ng, agar ular kelasi yil 
uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ ќuyidagi hollarda 
dividendlar to‘lash to‘g‘risida ќaror ќabul ќilishga haќli emas: 
¨ 
jamiyatning ustav kapitali to‘liќ to‘languniga ќadar; 
¨ 
agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa yoki jamiyatda 
dividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa; 
¨ 
agar jamiyat sof aktivlarining ќiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridan kam bo‘lsa. 
Dividendlar, nafaќat, pul mablag‘lari, balki aktsiyalar bilan ham to‘lanishi mumkin. 
Aktsiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taќsimlanmagan foyda sifatida 
ifodalanuvchi, aktsiyadorlar uchun ќo‘shimcha aktsiyalar chiќarishdir.
Misol. 500 so‘mlik nominal ќiymatdagi 10000 dona aktsiyaga ega aktsiyadorlik jamiyati 
amaldagidan 2% miќdorida aktsiyalar ko‘rinishidagi dividendlar to‘lovi haќida e’lon ќiladi. Ushbu 
davrda aktsiyalarning bozor ќiymati-550 so‘m. 
Dividendlar e’lon ќilingan paytda AJ xususiy kapitalining tuzilishi ќuyidagicha bo‘lgan: 
¨ 
nominal ќiymati 500 so‘mlik 10000 dona aktsiya oddiy aktsiyalar - 5000000 so‘m; 
¨ 
emission daromad - 400000 so‘m; 
¨ 
taќsimlanmagan foyda - 3000000 so‘m; 
Jami xususiy kapital - 8400000 so‘m. 
Ќaror: dividendlar to‘lash uchun yangi aktsiyalar chiќarildi - 2% (10000 donaq200 dona). 
Kichik miќdorda aktsiyalar chiќarilganligi uchun ular bozor bahosida, ya’ni 550 so‘mdan hisobga 
olinishi lozim. 
Chiќarilgan aktsiyalarning bozor ќiymati – 550 so‘m. (200q110000 so‘m, shu jumladan, 100000 
so‘m-aktsiyalarning nominal ќiymati, 10000 so‘m esa-emission daromad). 
Ushbu muomalalarga ќuyidagicha buxgalteriya yozuvi ќilinadi: 


Hisoblab yozish paytida; 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-110000 so‘m 
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m. 
Aktsiyalar bilan to‘lash paytida: 
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m 
K-t 8310-«Oddiy aktsiyalar»-100000 so‘m 
K-t 8410-«Emission daromad»-10000 so‘m. 
Dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanidan keyin xususiy kapital ќuyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi: 
¨ 
nominal ќiymati 500 so‘mlik 10200 dona oddiy aktsiya - 5100000 so‘m; 
¨ 
emission daromad - 410000 so‘m; 
¨ 
taќsimlanmagan foyda - 289000 so‘m; 
Jami xususiy kapital - 8400000 so‘m. 
Aktsiyalar bilan dividendlar to‘langanida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz 
bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona 
mablag‘lari taќsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital hajmi 
o‘zgarmaydi, faќat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashќari, aktsiyalar ko‘rinishida olingan 
dividendlar jismoniy shaxslarda soliќќa tortishdan ozod ќilinadi. 
Dividendlar, shuningdek, natura ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Misol. 200 ming so‘mlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor 
mahsulot bilan to‘lashga ќaror ќilindi. 
Aktsiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham ЌЌS hisoblanadi. ЌЌS to‘lovchisi 
bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham ЌЌS hisoblashi kerak. 
Dividendlar hisoblab yozildi: 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-200 ming so‘m 
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m. 
ЌЌS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan: 
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m 
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-33,4 ming so‘m. 
Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiќarildi: 
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m 
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming so‘m. 
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliќ hisoblanadi va aktsiyadorlar bu 
summani korxona kassasiga to‘laydilar. 
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliќ to‘lov manbaida bo‘ladi: 
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming so‘m 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-30 ming so‘m. 
Aktsiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniќlandi: 
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m 
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming so‘m 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming so‘m 
K-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m. 
9900-hisobvaraќdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-
hisobvaraќ bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming so‘m summadagi 
foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliќ to‘lashi lozim. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling