Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
VI
Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari 1 Kompyuterlar 20 2 Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari 3 Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi 4 Boshqalar VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan qat’iy belgilangan aktivlar 1 Ko‘p yillik dov-daraxtlar 10 2 Idora mebeli va uskunalari (shu jumladan telefon apparatlari, hisoblash qurilmalari va boshqalar) 15 3 Boshqalar 10 Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi. Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarini oladigan soliq to‘lovchi ushbu asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar ob’ektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam bo‘lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga bo‘lgani singari amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq to‘lovchi tomonidan, ularning boshlang‘ich qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar bo‘yicha har oyda eskirish tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi. Nomoddiy aktivlar ob’ektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bog‘liq unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki) intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 239 Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq to‘lovchining faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga mo‘ljallab belgilanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling