Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Adabiyotlar: A1; A4; Q9.
 
27. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (2 soat) 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilar. Soliq solish ob'ekti. Soliq 
solinadigan baza. Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi. Imtiyozlar. Soliq stavkalari. Soliqni 
hisoblab chiqarish va soliq hisob-kitoblarini taqdim etish hamda to‘lash tartibi. 
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: mashqlar bajarish, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum 
Adabiyotlar: A1; A4; Q9.
28. Yagona soliq to‘lovi va ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar (2 soat) 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar. Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq 
to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari. Soliq solish ob'ekti. Soliq solinadigan baza. Imtiyozlar. 
Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi. 
Ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar: yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga 
majburiy ajratmalar.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: mashqlar bajarish, kichik guruhlarda ishlash, blits-so‘rov 
Adabiyotlar: A1; A4; Q9.

2.3.Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. 
2.4.Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
Fan bo‘yicha kurs ishi o‘quv rejasida rejalashtirilmagan 
 
2.5.Mustaqil ta'lim tashkil etishning shakli va mazmuni 
“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” bo‘yicha talabaning mustaqil ta'limi shu 
fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar
mashqlar bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, 
uy vazifa sifatida berilgan mashqlarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish 
maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. 
Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil 
o‘rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan 
foydalanib ma'lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil 
ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda 
olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning 
uchun ham mustaqil ta'limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.


Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, 
konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib 
boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning 
barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 28 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling