Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
1.2. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
«Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: - buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti, metodi va usullari; - buxgalteriya hisobining tashkil etish va yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yuritishning asosiy qoidalari; - buxgalteriya hisobi axborotlarini yig‘ish, ishlov berish va ularni taqdim etish; - soliqlarning mohiyati, zarurligi va funksiyalari; - soliq tizimi va soliqlarning guruhlanishi; - qishloq xo‘jalik korxonalarining soliq tizimi; - soliqqa tortish usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - buxgalteriya hisobining usullarini; - buxgalteriya hisobining schyotlari va ikki yoqlama yozuvni; - hujjatlashtirish va inventarizatsiyani; - buxgalteriya hisobi registrlari va shakllarini; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini tashkil etishni; - xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobini yuritishni; - daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda moliyaviy natijalarni aniqlashni; - moliyaviy va statistik hisobotlarni tayyorlash va tuzishni; - qishloq xo‘jalik korxonalari soliq ob'ekti, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari va soliqlarni hisoblash va to‘lash muddatlarini; - jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni bilishi kerak; - xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish; - xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida ikki yoqlama aks ettirish; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yurita olish; - xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettirish; - moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish; - soliq ob'ektlarini to‘g‘ri aniqlash; - soliq imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llay olish; - soliqlarni hisoblash varaqalarini tuzish va soliq organlariga taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. - buxgalteriya hisobining usullaridan foydalana olish; - buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritishni bilish; - hujjatlashtirishni bilishi hamda inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkaza olishi; - aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini tashkil eta olish; - xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobini yuritish; - daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda moliyaviy natijalarni aniqlash; - moliyaviy va soliq hisobotlarni tayyorlash va tuzish; - yagona yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va boshqa soliqlarni hisoblab chiqarish, buxgalteriya hisobida aks ettirish va o‘tkaza olish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling